(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Sharafa - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Sharafa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sharafa — muqarnas turi; muqarnas mujassamoti (ravoqli kosachalar qatorlari)ning gorizontal yoʻnalishda chapu rost takrorlanishidan hosil boʻladi. Shrift kosachalar qatori oʻzgarmasligi bilan boshqa muqarnas turlaridan farq qiladi. Meʼmorlikda binolarning devor bilan shifti oraligʻi, taxmon, mehrob, minoralarning tepa qismini bezashda qoʻllanadi. Shrift ganch, marmar (qozirda gips, beton va boshqalar)dan ishlanadi. Shrift mujassamoti akta yordamida toʻgʻridantoʻgʻri devorga tushirib oʻyiladi, quyma usulida tayyorlangan Shrift boʻlaklari esa bezatiladigan sathga yopishtirib hosil qilinadi. Shrift Sharq (Oʻrta Osiyo, ayniqsa, temuriylar davri) meʼmorligida yuksak taraqqiy etgan. 20-asr oʻrtalaridan Oʻzbekiston meʼmorligida Shrift qaytadan keng qoʻllana boshlandi (Us t a Shirin Murodov, ShriftGʻafurov, Q.Jalilov va boshqalar).