(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Sifatlash - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Sifatlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sifatlash, epitet — stilistika va poetika termini; antik davrdan maʼlum badiiytasviriy vositalardan. Narsa va hodisalarga, tushuncha va hokazoga xos xususiyatlarni obrazli tavsiflash. Aksariyat hollarda sifat, shuningdek, ravish, ot, son, feʼl vositasida ifodalanadi (mas-n., zar doʻppi, qutlugʻ kun, hovliqib gapirdi kabi). S. gapni, iborani shunchaki bez*ash vositasi emas, balki u mazmun bilan aloqador boʻlib, nutqning mantiqiy, psixologik, lingvistik, adabiy va boshqa jihatlarida namoyon boʻladi. Predmetni uning boshqa turlaridan ajratib koʻrsatuvchi ("murgʻak sheʼr" kabi) oddiy mantiqiy taʼrifdan farq qilib, S. predmetning yo bironbir xususiyatini ajratib koʻrsatadi ("chetan arava") yoki istiorali epitet sifatida unga boshqa bir predmetga xos xususiyatni koʻchiradi ("kumush qish", "zumrad bahor", "uchqur ot" kabi). Xalq ogʻzaki poetik ijodida sodda va doimiy S.lar koʻp qoʻllanadi ("pahlavon yigit", "choʻri qiz", "uchar gilam" kabi). Sharq va, jumladan, oʻzbek mumtoz adabiyotida ham ayrim S.lar ("bodomqovoq", "pistadahan", "sarvqomat" kabi) koʻp takrorlanib, doimo uchrashi oqibatida qoʻshma sifatlarga — murakkab S.larga aylanib ketgan ("bodomqovoq qiz", "sarvqomat juvon" kabi). Adabiy-tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichiga xos S.lar boʻladi. S.lar tizimida muayyan adabiy davrning, yoʻnalishning, yozuvchining uslubi oʻz aksini topadi.