(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Smolensk - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Smolensk

Koordinatalari: 54°46′58″N 32°02′43″E / 54.78278°N 32.04528°E / 54.78278; 32.04528
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Smolensk

ruscha: Смоленск
shahar
Dnepr boʻyidagi Uspensk sobori
Smolensk
Bayroq
Smolensk
Gerb
54°46′58″N 32°02′43″E / 54.78278°N 32.04528°E / 54.78278; 32.04528
Mamlakat Rossiya
{{{mintaqa_turi}}} Smolensk viloyati
Shahar okrugi Smolensk shahri
Hukumat
 • Mer Andrey Borisov
Asos solingan nomaʼlum
Ilk eslatilishi 863-yil
Maydon 166.35 km2 (64.23 kv mi)
Markazi balandligi 242 m
Aholisi
 (2021)
316 570
Milliy tarkib ruslar va b.
Konfessiyaviy tarkib provaslavlar va b.
Etnoxoronim smolyan[1]
Telefon kodi 4812
Pochta indeks(lar)i 214XXX
MHBOBT (OKATO) 66401
Smolensk xaritada
Smolensk
Smolensk
Smolensk xaritada
Smolensk
Smolensk

Smolensk — Rossiyadagi shahar. Smolensk viloyati markazi. Dneprning har ikkala soxilida joylashgan. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 355,9 ming kishi (1998). 862-yildan savdo va hunarmandchilik markazi sifatida maʼlum. 882-yildan Kiyev Rusi tarkibida, 12-asrdan Smolensk knyazligining markazi. 1404—1514-yillarda Litva knyazligi, soʻngra Moskva davlati tarkibida, 1609—67-yillarda Polsha tasarrufida boʻlgan. 1667-yilda Andrusov sulhi boʻyicha Rossiyaga berilgan. 1708—19 va 1796—1929-yillarda Smolensk gubernyasi, 1776—96 yillarda Smolensk noibligi markazi. 1812-yilda Smolensk yonida rus qoʻshinlari bilan Napoleon qoʻshinlari oʻrtasida katta jang boʻlgan. 1941—43-yillarda Smolensk atrofida nemisfashist qoʻshinlari bilan shiddatli janglar olib borilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Smolensk butunlay vayron qilingan. Urushdan soʻng shahar qaytadan tiklangan. Smolenskga qahramon shahar unvoni berilgan.

Mashinasozlik (avtomatlashtirish vositalari, hisoblash mashinalari, elektr lampalar, sovitkichlar va boshqalar), yengil (trikotaj, zigʻir, poyabzal), oziqovqat sanoatlari rivojlangan. „Kristall“ zavodi (brilliantlarga sayqal berish), olmos asboblarni ishlab chiqarish korxonasi mavjud.

4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr mavjud.

Smolensk zigʻiri muzeyi, ST. Konyonkov nomidagi haykaltaroshlik muzeyi, tarixiy va meʼmoriy-badiiy muzeyqoʻriqxonasi, badiiy galereya bor.

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qad. meʼmoriy yodgorliklardan Pyotr va Pavel (1146), Ioann Bogoslov (12-asr), Mixail Arxangel (1191—94) cherkovlari, Uspeniye sobori (1677—79), Kreml (16-asr — 17-asr boshlari) saqlangan. „Motamsaro ona“ haykali (1965), „Mangulik qoʻrgʻoni“ memoriali (1970) oʻrnatilgan.

  1. „Ответ «Грамоты.ру»“. 2011-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan.