Sopol
Sopol — maxsus loy (tuproq, suv, qisman qum va toʻzgʻoq aralashmasi)dan ishlanib olovda qizdirib tayyorlanadigan magʻsulot; kulollik buyumlari. Loy 2 xil usulda — koʻlda hamda kulollik charxi yordamida shaklga solib yasaladi, soʻng gulxan (xumdon)da qizdirib Sopol tayyorlanadi. Roʻzgʻorda (piyola, kosa, lagan, koʻza, oftoba, xum va boshqalar), meʼmorlik (koshin, sopolak, parchin va boshqalar) hamda sanoat (utga chidamli qoliplar va boshqalar)da Sopol buyumlari keng qoʻllanadi; bolalar oʻyinchoqlari, ayrim bezak buyumlari (haykalcha, yirik haykallar) ham shu usulda tayyorlanadi. Foydalaniladigan loy tarkibiga qarab Sopolning rangi turlicha (och sariq, qizgʻish, kulrang va boshqalar) boʻladi. Angob (loya)ga chayib olingan Sopol soyada quritilib, yana xumdonda pishiriladi. Sta bezak ishlash ham turlicha: boʻrtma, oʻyma naqshlar uning hoʻlligida, qirma gullar Sopol angobga chayib olingandan soʻng ishlanadi; xumdonga bir bor kirib chiqqan buyumlar gullar ishlangandan keyin yana bir bor xumdonda qizdiriladi. Sopol buyumlar 2 xil — sirlangan Sopol hamda sirlanmagan Sopol (terrakota)ga boʻlinadi. Sopol neolit davridan maʼlum boʻlib, sirlanmagan Sopol kadimiydir. Sirlangan Sopol buyumlar ishlab chiqarish. Oʻrta Osiyoda 10—12-asrlardan yuksak taraqqiy etdi. Oʻzbekiston hududida Sopol buyumlar ishlab chiqarish. keng yoʻlga qoʻyilgan; Sopol buyumlarni bezatilishi jihatidan birbiridan farqlanuvchi kulollik maktablari shakllangan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |