Stephen Smale
Stephen Smale (talaffuzi: Stiven Smeyl) (1930-yil 15-iyulda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Smale topologiya, dinamik tizimlar va matematik iqtisodiyot sohasidagi izlanishlari bilan mashhur. 1966-yil Fields medali bilan, 2007-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Smale 1948-yil Michigan universitetiga kirgan, ammo darslarni oʻzlashtirish unga mushkul boʻlgan. Shunday boʻlsa-da, u aspiranturaga kirgan va 1957-yil Raoul Bott yetakchiligida PhD darajasini olgan. Olim oʻttiz yildan koʻproq vaqt davomida California universiteti, Berkeleyning matematika fakultetida ishlagan (1960–1961- hamda 1964–1995-yillarda).
1958-yil Smale sferani toʻnkarish isbotlab, matematika dunyosini lol qoldirgan. 1961-yil Poincaré gipotezasini 5 va undan katta oʻlchamlar uchun isbotlab bergan. 1962-yilda esa h-cobordism teoriyasini isbotlab bergan, aynan shu uchun Fields medali bilan taqdirlangan.