Takahata (Yamagata)
Takahata | |
---|---|
Shaharcha | |
38°0′9.9″N 140°11′20.7″E / 38.002750°N 140.189083°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Asos solingan | 1895-yil 12-dekabr |
Maydon | 18,026 km2 (6,960 kv mi) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil aprel) |
23 367 |
|
Takahata (yaponcha:
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Takahata Yamagata prefekturasining janubi-sharqidagi togʻli hududda joylashgan. Shahardan Mogami daryosi oqib oʻtadi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yamagata prefekturasi
- Miyagi prefekturasi
- Fukusima prefekturasi
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Takahata nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa/Dfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi bu hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli holati qayd etilgan. Takahatada oʻrtacha yillik harorat 11.2 °C (52.2 °F) ga teng. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,283.0 mm (50.51 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24.3 °C (75.7 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan −0.9 °C (30.4 °F) atrofida boʻladi.
Takahata, Yamagata iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Oʻrtacha maksimal, °C | 2,4 | 3,4 | 7,8 | 15,6 | 21,9 | 25,4 | 28,5 | 30,2 | 25,6 | 19,2 | 12,1 | 5,4 | 16,5 |
Oʻrtacha minimal, °C | −4,2 | −4,4 | −1,8 | 3,1 | 9,0 | 14,4 | 19,0 | 19,7 | 15,5 | 8,5 | 2,5 | −1,6 | 6,6 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 113,0 | 69,5 | 74,6 | 65,4 | 75,7 | 103,6 | 184,9 | 143,4 | 124,6 | 114,6 | 92,1 | 119,0 | 1 283 |
Manba: Yaponiya metrologiya agentligi[2][3] |
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Takahata aholisi soʻnggi oʻn yilliklarda biroz kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1960 | 32,136 | — |
1970 | 27,76 | −13.6% |
1980 | 27,44 | −1.2% |
1990 | 27,51 | +0.3% |
2000 | 26,807 | −2.6% |
2010 | 25,025 | −6.6% |
2020 | 22,463 | −10.2% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Takahata hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida, u Tendo domeniga oʻtkazilgunga qadar Oda sulolasitomonidan boshqariladigan qal’a shahri boʻlgan va keyinchalik uning bir qismi Yonezava domeni tomonidan nazorat qilingan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasining Higashiokitama tumani tarkibiga kiritildi. Takahata qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan. U 1895-yil 12-dekabrda shahar maqomiga koʻtarildi va kanjida oʻz nomini yozilishi maqsadida 1905-yil yanvarida hozirgi nom koʻrinishini oldi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Takahata iqtisodiyoti qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga asoslangan. Shahar Delaver uzumlari va sharob ishlab chiqarish sanoati bilan mashhur.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Takahatada oltita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktabi shuningdek Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliayat yuritadi.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Yamagata Shinkansen
- Takahata
Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi
- Takahata
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tōhoku-Chūō Expressway — Nanyō-Takahata almashinuvi
- Milliy yoʻnalish 13
- Milliy yoʻnalish 113
- Milliy yoʻnalish 339
- Milliy yoʻnalish 347
Qardosh shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Takahata qal’asi sayti
- Hinata gʻorlari, milliy tarixiy hudud[6]
- Odachi gʻorlari, milliy tarixiy hudud[7]
- Hibakoiva gʻorlari, milliy tarixiy hudud[8]
- Ichinosava gʻorlari, milliy tarixiy hudud[9]
Taniqli odamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yuko Aoki, model
- Shunsaku Kudo, Yaponiya Imperator dengiz floti zobiti
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Takahata Town official statistics (yaponcha)
- ↑ „ja:
観測 史上 1~10位 の値 (年間 を通 じての値 )“. JMA. Qaraldi: 25-mart 2022-yil. - ↑ „ja:
気象庁 /平年 値 (年 ・月 ごとの値 )“. JMA. Qaraldi: 25-mart 2022-yil. - ↑ Takhata population statistics
- ↑ „International Exchange“. List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 22-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2015-yil.
- ↑ „
日向 洞窟 窟 “ (Japanese). Agency for Cultural Affairs. - ↑ „
大立 洞窟 “ (Japanese). Agency for Cultural Affairs. - ↑ „
火 箱岩 洞窟 “ (Japanese). Agency for Cultural Affairs. - ↑ „
一 の沢 洞窟 “ (Japanese). Agency for Cultural Affairs.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy veb -sayt (yaponcha)