(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Termopara - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Termopara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Termopara — temperatura datchigi. Har xil jinsli oʻzaro ulangan elektr oʻtkazuvchi 2 element (odatda, metall yoki yarimoʻtkazgich)dan iborat. Ishi Zeyebek effektiga asoslangan. Oʻtkazgich elementlarining kontaktlari (odatda, kavshar choki) turli trada boʻlsa, termopara zanjirida termoelektr yurituvchi kuch (e. y. k.) vujudga keladi, bu elektr yurituvchi kuchning kattaligi „issiq“ va „sovuq“ kontakt lar temperaturasi farqiga hamda termoelektrodlar sifatida ishlatilgan materiallarning tabiatiga bogʻliq boʻladi. Termopara bilan 4 K dan 3800 K gacha oraliqdagi tralar aniklanadi.