(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Vagner guruhi - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Vagner guruhi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vagner guruhi
ruscha: Группа Вагнера; ЧВК «Вагнер»

Vagner guruhiga atalgan memorial

Vagner guruhi ramzi
Boshqa nomi Vagnerchilar[1][2] Musiqachilar,[3][2]
Shiori Qon, sharaf, vatan, jasorat
Shtab-kvartirasi Sankt-Peterburg, Rossiya
Tuzilgan vaqti 2013-yil
Aʼzolari soni
  • 50,000+ (Dekabr 2022)[4]
  • 8,000 (Aprel 2022)[5]
  • 6,000 (Dekabr 2017)
  • 1,000 (Mart 2016)
  • 250 (2014)

Vagner guruhi, toʻliq nomi Vagner xususiy shirkati (ruscha: Группа Вагнера) — Yevgeniy Prigojin tomonidan yaratilgan va boshqariladigan noaniq huquqiy maqomga ega Rossiyaning nodavlat qurolli tizilmasidir . Ayrim mamlakatlarda u terroristik tashkilot maqomiga ega[6].

Shakllanish nomi podpolkovnik Dmitriy Utkinning „Vagner“ chaqiruv belgisi tufayli paydo boʻldi. Birlik komandiri bastakor Richard Wagner sharafiga shunday chaqiruv belgisini oldi[7][8][9]. Aynan shuning uchun „Vagnerchilar“ koʻpincha „musiqachilar“ yoki „orkestr“ deb nomlanadi va ularning oʻzlari musiqa asboblari bilan suratga olinadi.

2014-yildan beri guruh Ukraina hududida, keyin esa Suriyada faoliyat yuritadi[10][11]. Guruh ogʻir texnika, artilleriya va harbiy aviatsiya bilan qurollangan[12].

BMT va Fransiya Vagner yollanma askarlarini Markaziy Afrika Respublikasida jismoniy zo‘rlash va talonchilikda ayblamoqda[13]. Yevropa Ittifoqi va boshqa bir qator davlatlar Vagnerga qarshi sanksiyalar kiritib, guruhni Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga putur yetkazish, Suriya va Liviyadagi vaziyatni beqarorlashtirish, shuningdek, inson huquqlarini qoʻpol ravishda buzishda aybladi[14].„Санкции“ boʻlimiga oʻtish

Ushbu tuzilma Rossiyaning kuch tuzilmalari bilan muvofiqlashtirilgan holda, javobgarlikka tortish qiyin boʻlgan parallel yoki soyali qurolli tuzilma sifatida ishlaydi. Vagner va uning rahbari Prigojin Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urushda muhim rol oʻynadi[15][16]. 2023-yil may oyida Prigojin oʻz yollanma askarlari tomonidan Ukrainaning Baxmut shahrini egallab olganini eʼlon qildi. Koʻp odamlarning hayotiga zomin boʻldi va bu Rossiya uchun ramziy yutuq edi[15]. Oq uy maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil fevral oyi oʻrtalariga kelib, Vagnerchilar Ukrainada 30 mingga yaqin odamni oʻldirgan va yarador qilgan[17][18].

  1. „Зеленский заявил, что ему стыдно за операцию по "вагнеровцам" - ТАСС“. TACC.
  2. 2,0 2,1 „Грубо говоря, мы начали войну Как отправка ЧВК Вагнера на фронт помогла Пригожину наладить отношения с Путиным — и что такое «собянинский полк». Расследование «Медузы» о наемниках на войне в Украине“. Meduza.
  3. „«Музыканты» едут в Африку стрелять“. Daily Storm (2017-yil 2-noyabr).
  4. Watson, Ben; Hlad, Jennifer „Today's D Brief: Zelenskyy thanks Americans, lawmakers; North Korea sent arms to Wagner, WH says; Breaking down the omnibus; Germany's year ahead; And a bit more.“. Defense One (2022-yil 22-dekabr).
  5. Rai, Arpan. „Nearly 3,000 of Russia's notorious Wagner mercenary group have been killed in the war, UK MPs told“. Independent (2022-yil 21-aprel).
  6. „Бизнесмен Евгений Пригожин подтвердил свою причастность к «ЧВК Вагнера»“ (ru). Медиазона. 2022-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  7. [https://24tv.ua/ru/pochemu-vagnerivci-jeffektivnyj-instrument-gibridnoj-novosti-rossija_n1475839 Armiya prizrakov: kak Rossiya ispolzuet vagnerovsev vo vremya gibridnoy voyni https://24tv.ua/ru/pochemu-vagnerivci-jeffektivnyj-instrument-gibridnoj-novosti-rossija_n1475839]
  8. Siriyskie poteri „Slavyanskogo korpusa“
  9. Utkin Dmitriy Valerevich
  10. „В Сирии задумались о привлечении частной военной компании к боям под Алеппо“. lenta.ru. 2016-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-sentyabr.
  11. Oni srajalis za dengi (Wayback Machine saytida 2022-11-23 sanasida arxivlangan) fontanka.ru 23.08.2017
  12. „Евгений Пригожин впервые признал свою связь с "ЧВК Вагнера"“. Радио Свобода (2022-yil 26-sentyabr). 2022-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  13. „What is Russia's Wagner Group of mercenaries in Ukraine?“. BBC News (2022-yil 3-oktyabr). 2022-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
  14. „Евросоюз ввел санкции против ЧВК Вагнера“. 2022-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  15. 15,0 15,1 Uliana Pavlova,Radina Gigova. „Wagner chief rejects Russian Defense Ministry efforts to rein in his force“ (en). CNN (2023-yil 11-iyun). 2023-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  16. Andreas Heinemann-Grüder, Stephen Aris. Wagner Group(ingl.) // Russian Analytical Digest (RAD). — 2022-12-22. — Vol. 290. — ISSN 1863-0421. — DOI:10.3929/ethz-b-000588677. Архивировано 10 fevral 2023 года.
  17. „В Белом доме заявили, что ЧВК Вагнера потеряла в Украине убитыми и ранеными более 30 тысяч человек“ (ru). Meduza. 2023-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.
  18. Tom Nichols. „Putin’s Desperate Hours“ (en). The Atlantic (2023-yil 21-fevral). 2023-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.