Vania King
Vania King | |
---|---|
Mamlakat | AQSh |
Istiqomat joyi | Boynton Beach, Florida |
Tugʻilishi |
3-fevral 1989-yil Monterey Park, Kaliforniya |
Boʻyi | 165 |
Professionallik | 2006 |
Faoliyati tugashi | 2021[1] |
Ishlatadigan qoʻli | oʻng qol |
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $$4,556,888 |
Yakkalik bahslar | |
Rekordi | 269–250 |
Jami titullari | 1 |
Eng yuqori pozitsiyasi | No.50 (2006) |
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari | |
Australian Open | 3R (2012) |
French Open | 3R (2011) |
Wimbledon | 2R (2006, 2009) |
US Open | 3R (2009, 2011) |
Juftlik bahslari | |
Rekordi | 324–204 |
Jami titullari | 15 |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 3 (2011) |
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari | |
Australian Open | QF (2012, 2016, 2018) |
French Open | SF (2011) |
Wimbledon | W (2010) |
US Open | W (2010) |
Boshqa juftlik turnirlari | |
Tour Finals | SF (2010, 2011) |
„Katta dubulgʻa“ turniri aralash juftlik bahslari natijalari | |
Australian Open | 2R (2018) |
French Open | F (2009) |
Wimbledon | 2R (2007, 2014) |
US Open | QF (2006) |
Jamoa musobaqalari |
Vania King (1989-yil 3-fevralda tugʻildi) — amerikalik sobiq tennischi. Afsonaviy oʻnta juftlik oʻyinchilaridan biri boʻlgan King 2010-yilda hamkori Yaroslava Shvedova bilan Wimbledon chempionati va Amerika ochiq chempionati turnirining juftlik bahslarida gʻolib chiqqan. U bilan 2011-yilgi Amerika ochiq chempionati finaliga chiqadi. U jami 15-marta WTA juftlik chempionligini qo‘lga kiritadi va jahon reytingida 3-o‘rinni egallaydi. U shuningdek, 2009 -yili Fransiya Ochiq chempionatida Marselo Melo bilan aralash juftlik finalida ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kingning ota-onasi 1982-yilda Tayvandan Qoʻshma Shtatlarga koʻchib ketishgan.[2] U to‘rt farzandning eng kichigi bolib uning akasi Phillip universitetida ikki karra o‘smirlar o‘rtasida AQSh chempioni bo‘lgan. Vania Kaliforniyadagi Long Beach Poly High School bitiruvchisi bolgan.
Tennis faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006̜-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yilda King oʻzining yagona WTA Tour yakkalik musobaqasi boʻyicha Bangkok Open, Tier-III turnirida gʻalaba qozonadi va finalda Tamarine Tanasugarnni magʻlub etadi. Noyabr oyida u oʻzining faoliyatidagi yakkalik reytingida 50-oʻrinni egallaydi.
2009-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yilda u braziliyalik tennischi Marselo Melo bilan birga Fransiya Ochiq chempionatida aralash juftlik finaliga chiqadi. Ular yetakchi jamoa Liezel Xuber va Bob Brayanga yutqazadilar.
2012-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]King yil boshida Avstraliya ochiq chempionatining uchinchi bosqichiga chiqdi ammo, Ana Ivanovichga yutqazdi. U birinchi raunddayoq Katerina Bondarenkoni magʻlub etgan edi.
U iyul oyida Carlsbad Open turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi va Marion Bartoliga yutqazdi.[3]
2017-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]King 2017-yilda birgalikda eng koʻp muvaffaqiyat qozongan juftlik sherigi Yaroslava Shvedova bilan birlashadi. Ular Sidneyda boʻlib oʻtgan yarim finalga yoʻl oladilar va Saniya Mirza va Barbora Strycovaga yutqazadilar.
Avstraliya ochiq chempionatida King va Shvedova uchinchi bosqichga yo‘l olishadi. Ular Miryana Luchich-Baroni va Andrea Petkovichga imkoniyatni boy berishadi. Ular Indian Wellsning ikkinchi raundida Yaponiya/Xitoy juftligi Shuko Aoyama va Yang Chjaoxuan tomonidan magʻlub etiladilar. Mayamida ular chorak finalga yoʻl olishdi va u yerda yana Mirza va Strycovaga magʻlub boʻlishadi.
Aralash juftliklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turnir | 2004 | 2005 | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | 2010 | 2011 | 2012 | 2013 | 2014 | 2015 | 2017 | 2018 | W-L |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Avstraliya ochiq chempionati | A | A | A | A | 1R | A | A | 1R | A | 1R | A | A | 1R | 2R | 1-5 |
Fransiya ochiq chempionati | A | A | A | 1R | A | F | SF | 1R | A | A | A | A | A | 2R | 8-5 |
Wimbledon chempionati | A | A | A | 2R | 1R | 1R | 1R | 1R | A | A | 2R | A | A | 1R | 2-7 |
Amerika ochiq chempionati | 1R | A | QF | 2R | A | 1R | 1R | 1R | A | A | A | A | A | 1R | 3-7 |
Gʻalaba — magʻlubiyat | 0-1 | 0-0 | 2-1 | 2-3 | 0-2 | 4-3 | 3-3 | 0-4 | 0-0 | 0-1 | 1-1 | 0-0 | 0-1 | 2-4 | 14-24 |
Yoshlar o‘rtasidagi „Katta dubulg‘a“ finali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Natija | Turnir | Maydon | Hamkor | Raqiblar | Hisob |
---|---|---|---|---|---|
Mag'lubiyat | Amerika ochiq chempionati | Qattiq | Alexa Glatch | Nikola Frankova Alisa Kleybanova |
5-7, 6-7 (3) |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Queen of the court: Vania King says farewell“.
- ↑ „Champion tennis player seeks more Taiwanese fan support - the China Post“. 2010-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-mart.
- ↑ „Bartoli Outlasts King, Chan's Ninth & Biggest“. Qaraldi: 2012-yil 22-iyul.