Voiz
Qiyofa
Voiz (arab.) — jamoat oldida nutq soʻzlovchi, voizlik bilan shugʻullanuvchi kishi, professional notiq. Voizlar chuqur bilim, yuksak madaniyat va maxsus ijrochilik salohiyati (chiroyli va taʼsirchan ovozi, aniq va ravshan talaffuz, oʻz zamonasi uchun yetakchi tillarni mukammal bilish va boshqalar) ga ega boʻlgan. Musulmon sharqining yirik olimlari, din arbobi, adib va boshqalar koʻpincha yetuk voizlar ham boʻlganlar. Xoja Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy, Husayn Voiz Koshifiy, Mavlono Muin Voiz Hiraviy, Bahouddin Valad, Jaloliddin Rumiy, XX asrda muftiy Ziyovuddinxon Eshon Boboxon oʻgʻli va boshqalar soʻz qudrati va jonli nutq sanʼati bilan oʻz zamonasining mashhur voizlari boʻlganlar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |