Voyevodina
Voyevodina—Yugoslaviyada, Serbiya Respublikasi tarkibidagi muxtor oʻlka. Mayd. 21,5 ming km2. Aholisi 2 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Novi-Sad. Iqlimi moʻʼtadil, kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 22—24°, yanvarniki 1,2 — 2,6°. Yillik yogʻin 550–750 mm. Yirik daryolari: Dunay, Tisa, Tamish.
V. da 6-asrda slavyanlar, 9-asr oxirida vengerlar yashagan. 10-asrdan Vengriya qirolligi tarkibiga kirgan, 1526— 1918 yillarda V. hududi Gabsburglar monarxiyasi qoʻli ostida, 1918 y.dan Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929 y.dan Yugoslaviya) tarkibida. 1945 — 63 yillar muxtor viloyat, 1963 y.dan muxtor oʻlka.
V. — Serbiyaning xoʻjaligi eng rivojlangan qismi. Q. x. bogʻdorchilik va tokchilik, goʻsht-sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Sanoati mahalliy xom ashyoga asoslangan. V. ning sharqiy qismida neft va gaz chiqariladi. Toʻqimachilik, mashinasozlik, kimyo, elektrotexnika, sellyuloza-qogʻoz, sement, oziq-ovqat sanoati rivojlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |