(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Yevgeniy Bertels - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Yevgeniy Bertels

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bertels Yevgeniy Eduardovich (1890.13(25). 12, Peterburg1957.7.10, Moskva) — sharqshunos olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (1956). Turkmaniston Fanlar akademiyasi (1951) faxriy aʼzosi.

Oʻzbekistonda (1944) va Tojikistonda (1946) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, professor (1928), filologiya fanlari doktori (1935). Peterburg universitetining ququqshunoslik (1914) va sharq (1918) fakultetlarini tamomlagan. Fanlar akademiyasi Osiyo muzeyi (keyinchalik Sharqshunoslik instituti)da (1918—42, 1946-yildan umrining oxirigacha), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida, ayni vaqtda Oʻrta Osiyo davlat untida (1942—46) ishlagan. B. Yaqin va Oʻrta Sharqxalqlari, ayniqsa turkiy xalklar madaniyati, tili, adabiyoti, tarixiga oid nlmiy ishlar yaratgan. Sufnylik tariqati va adabiyotiga ayuhida eʼtibor bergan. Mazkur sohalar boʻyicha matnshunoslik maktabi asoschilaridan biri. Firdavsiy (1935), Nizomiy (1940), Navoiy (1948), Jomiy (1949) ijodi haqida monografiyalar yaratgan. Nizomiyning "Iskandarnoma" asarining ilmiytanqidiy matnini tayyorlagan (1948), Firdavsiy "Shohnoma"sining ilmiytanqidiy matnini tayyorlashda rahbarlik qilgan. Fors, oʻzbek, tojik, turkman adabiyotlari tarixidan ocherklar yozgan (1928—35). Oʻzbek yozuvchilari, jumladan Oybek va uning "Navoiy" romani haqida ilmiy tadqikrtlar olib borgan.

  • Izbrannie trudi 1t. 1—5], Moskva, 196086.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Bertels Yevgeniy Eduardovich (Bibliograficheskiye ocherki o deyatelyax obshestvennix nauk Oʻzbekistana], |t. 1], T., 1976.