(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Yuki (Ibaraki) - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Yuki (Ibaraki)

Koordinatalari: 36°17′22.76″N 139°52′17.51″E / 36.2896556°N 139.8715306°E / 36.2896556; 139.8715306
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuki
結城ゆうき
shahar
Skyline of Yuki 結城市
Yuki 結城市
Bayroq
Yuki 結城市
Gerb
36°17′22.76″N 139°52′17.51″E / 36.2896556°N 139.8715306°E / 36.2896556; 139.8715306
Mamlakat Yaponiya
Prefektura Ibaraki
Hukumat
 • mer Fumio Zenba (2011-yil avgustdan beri)
Maydon 65.76 km2 (25.39 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020)
50 282 kishi
Vaqt mintaqasi UTC+9
Telefon kodi 20296-32-1111
Yuki 結城市 xaritada
Yuki 結城市
Yuki
結城ゆうき
Yuki 結城市 xaritada
Yuki 結城市
Yuki
結城ゆうき
Yuki axborot-kommunikatsiya markazi
Sakura gullari

Yuki (yaponcha: 結城ゆうき Yūki-shi?) Yaponiyaning Ibaraki prefekturasida joylashgan shahar. 1-oktyabr, 2020-yil(2020-10-01) holatiga koʻra, shaharda 19,353 xonadonda 50,282 kishi yashaydi va shaharning har 1 km² hududiga 765 kishi toʻgʻri keladi. 65 yoshdan oshganlar 30.8% ni tashkil etadi[1]. Shahar hududi 65.76 km². Yuki anʼanaviy nomoddiy merosi boʻmish yūki-tsumugi mato ishlab chiqarish texnologiyasi bilan, yana u, koʻplab qadimiy Budda ibodatxonalari va Shinto kabi ziyoragohlari bilan ham mashhur hisoblanadi.

Yuki Ibaraki prefekturasining uzoq gʻarbida joylashgan boʻlib, shimol va gʻarbda Tochigi prefekturasi bilan chegaradosh va Ibaraki prefekturasining qolgan qismidan Kinugava daryosi orqali ajratilib turadi. Oyama shahriga yaqin joylashganligi sababli madaniyat (masalan, dialektlar), iqtisodiyot va transport jihatidan Tochigi prefekturasi bilan chambarchas bogʻliq.

Atrofdagi munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibaraki prefekturasi

Tochigi prefekturasi

  • Oyama

Yuki nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifiga koʻra), issiq yoz va sovuq qish va yengil qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Yukida oʻrtacha yillik harorat 14.1 °C (57.4 °F). Yillik oʻrtacha yogʻinlar 1,321 mm (52.0 in) ni tashkil qiladi. Eng yomgʻirli oy bu – sentyabr. Eng yuqori harorat avgustda 26.2 °C (79.2 °F) atrofida va eng pasti yanvarda, taxminan 2.8 °C (37.0 °F)[2].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra,[3] Yuki aholisi soʻnggi 40 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192027,379—    
193030,948+13.0%
194032,137+3.8%
195039,894+24.1%
196038,06−4.6%
197039,561+3.9%
198049,387+24.8%
199053,288+7.9%
200052,774−1.0%
201052,494−0.5%
202050,645−3.5%

Yuki hududi Nara davrida paxta, zigʻir va toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun muhim markaz edi. Kamakura davridan boshlab, hudud Yuki qasri atrofida qal'a shaharchasi qurgan Yuki urugʻi tomonidan nazorat qilingan. Qalʼa shaharcha keyinchalik Edo davrida Tokugava syogunligi ostidagi Mizuno urugʻi kichik boʻlimining 10 avlodi tomonidan boshqariladigan Yuki domenining markaziga aylandi.

Yuki shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. 1954-yil 15-martda Yuki qoʻshni Yamakava, Kinugava, Egava va Kamiyamakava qishloqlari bilan birlashdi va shahar maqomiga koʻtarildi.

Yuki toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Yuki Ibaraki prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Ibaraki 7-okrugi tarkibiga kiradi.

Yuki sanoat parkiga ega, ammo mahalliy iqtisodiyot qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashga asoslangan. Asosiy ekinlar guruch, kanpyō, salat va makkajoʻxorini oʻz ichiga oladi.

Yuki shahrida toʻqqizta davlat boshlangʻich maktabi, shahar hukumati tomonidan boshqariladigan uchta davlat oʻrta maktabi va Ibaraki prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat oʻrta maktabi mavjud. Prefekturada nogironlar uchun maxsus taʼlim maktabi ham mavjud.

JR Sharq - Mito liniyasi

  • Otabayashi - Yuki - Higashi-Yuki

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 4-milliy yoʻnalishi
yoʻl
50-milliy yoʻnalish
  • 50-milliy yoʻnalishi

Qardosh shahar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Belgiya – Mechelen, Belgiya, 1996-yil oktyabrdan beri[4]

Mahalliy diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Yuki qal'asi
  • Mizuno Tadakuni qabri
  • Eski omborlari boʻlgan Yuki eski shaharchasi

Yukilik taniqli insonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Takeo Fujisava, Honda asoschilaridan biri
  • Katsumi Hirosava, beysbolchi
  • Yukie Nakayama, sport otishmachisi
  1. „Ibaraki prefectural official statistics“ (yaponcha).
  2. Yūki climate data
  3. Yūki population statistics
  4. „Yuki (Ibaraki) & Mechelen (Antwerp)“ (inglizcha). Sister Cities. Embassy of Japan in Belgium (2013). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-dekabr 2015-yil.