afsona
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]af-so-na
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]AFSONA Bu ot ПРСda [äfsane] shaklida (32), ТжРСda afsona shaklida (35), OʻTILda ham afsona shaklida keltirilgan (I, 63). Budagov lugʻatida afsona, afson shakllarida berilgan (Andoza:ССТТН, I, 65). ПРСda [äfsonidän] feʼli keltirilib, "rasskazïvat skazki, pritchi" deb izoxdangan (32). Koʻrinadiki, afsona oti afsonidan feʼlining afson hozirgi zamon asosiga -a qoʻshimchasini (ТжРС, 543) qoʻshib hosil qilingan. Bu ot 'ishonish qiyin, toʻqima hikoya, gap-soʻz' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 63).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
- f. — hikoya, naql; uy-
dirma
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]- Folklor janri: avloddan avlodga, ogʻizdan ogʻizga oʻtib kelgan uydirma, toʻqimadan iborat, baʼzan diniy mazmundagi hikoya, rivoyat va sh. k. ◆ Togʻ qishloqlarining tesha tegmagan, ishonsa ham, ishonmasa ham boʻladigan gʻalati ertaklari, afsonalari boʻladi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . ◆ Oqsoyliklar oʻrtasida bu joyning nomi haqida afsona ham bor. S. Anorboyev, „Oqsoy“ .
- Afsona boʻlmoq El-xalqqa gap-soʻz boʻlmoq, elga doston boʻlmoq. ◆ Izlab seni har koʻchada, El ichra koʻp sharmanda ham afsona boʻldim sogʻinib. Hamza .
koʻchma Asossiz gap, yolgʻon-yashiq, uydirma.
- Afsona toʻqimoq Uydirma gap qilmoq, boʻlmagʻur gap-soʻz toʻqimoq. "Ming bir kecha"- ning Shahrizodasi afsona toʻqib, oʻlimdan qutulib qolganday, Muxtorxon ham yuqoridagi singari rivoyatlar panohida omon yuribdi. H. Gʻulom, Mashʼal.
koʻchma Aql bovar qilmaydigan, aqlga sigʻmaydigan narsa, ish. [ ◆ Odamlar] "Mirzachoʻl" atalmish qadimiy, bagʻri keng sahroda birga qoʻl tutishib.. afsonalarnihaqiqatga aylantirishmoqda. V. Abdullayev, „Qanotli orzular“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]OʻTIL