bukur
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]bu-kur
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]BUKUR 'notoʻgʻri oʻsish natijasida biror qismi doʻmbayib oʻsgan’. B u k u r n i goʻr tuzatadi (Maqol). Bu soʻz qadimgi turkiy tilda ’qayir-’, ’eg-’ maʼnosini anglatgan bük- feʼlidan —(ü)r qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, II, 293); oʻzbek tilida oʻ unlilarining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: bük- + oʻr = boʻkür > bukur.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Umurtqa yoki koʻkrak qafasi-ning qiyshayib oʻsishi natijasida hosil boʻladigan doʻmboq, bukri joy. ■■◆ Oʻn besh yoshidan boshlab.. to shu damgacha erta-kech bukchayib ishlashga toʻgʻri kelgani uchun uning yelkasi bukur kabi, ortiqcha turtib chiqqan edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Shunday illati, nuqsoni boʻlgan odam. ◆ Bukur odam.
3 Egilgan, mayishgan, qiyshiq, bukri. ◆ Temir yoʻl yoqalab ketgan dala yoʻli bukur jiy-da tagida tugardi. S. Mahkamov, Shogird.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]БУКУР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]OʻTIL