(Translated by https://www.hiragana.jp/)
chiqarmoq - Vikilug‘at Kontent qismiga oʻtish

chiqarmoq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

chi-qar-moq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1. Chiqmoq 1-4, 6, 8-10, 12, 13, 21, 24, 26, 27, 29-31, 35-37, 39-41 fl. ort. n. ◆ Toqqa chiqarmoq. Varrakni osmonga chiqarmoq. Tramvayga chiqarib qoʻymoq. Esdan chiqarmoq. Esini chiqarmoq. Chetga mol chiqarmoq. Gazlama chiqarmoq. Zavodga minglab traktor chiqaradi. Qaror chiqarmoq. Qonun chiqarmoq. Hukm chiqarmoq. Pul chiqarmoq. Shira chiqarmoq. Qurilish uchun mablagʻ chiqarmoq. Otni aravadan chiqarmoq. ◆ [Oʻzbek oyim:] Toychogʻimning koʻrmanasini chiqar, dadasi! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar.“ ◆ Ammo, endi rohatini koʻradi, endi sizlarni roʻyobga chiqaraman. Oybek, „Tanlangan asarlar.“

2. Shunday deb hisoblamoq. ◆ Birovlar uni modernist dedi, boshqalar donishmandga chiqardi. "Yoshlik".

3. Feʼl bilan birga qoʻllanib, taxmin, chama maʼnosini bildiradi. ◆ Uning [Mirvalining] bu jarlikka kelmaganiga ham besh-oʻn yil boʻlgan chiqarov. S. Ahmad, „Jimjitlik.“

Uchini chiqarmoq 1) qalamning uch tomonidagi yogʻoch qismini tarashlamoq. ◆ ..kursida doimo qogʻoz, uchi yaxshilab chiqarilgan besh-oʻnta qalam tayyor turadi. Gazetadan ; 2) maqsadga oʻtmoq; ◆ Nihoyat, Oshno gapning uchini chiqardi. M. M. Doʻst, „Lolazor.“
Qiz chiqarmoq Uzatmoq, erga bermoq. ◆ Yozda qancha tashvishim bor: qizimni chiqarishim, oʻgʻlimni uylantirishim kerak. "Yoshlik".
Qon chiqarmoq q. qon 1. ◆ [Bekqul:] Birinchi imoratga qon chiqargan edingmi? "Yoshlik".

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ЧИҚАРМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

Feʼl

[tahrirlash]

chiqarmoq chiqarmoq