hush
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]hush
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]fors. – ong, shuur; aql, idrok; es, fahm; xotira; esda tutish qobiliyati;
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]Kishining biror narsa-hodisani sezish, idrok etish, anglash qobiliyati, shunday sezgi, idrokka ega holat. ◆ Kumush.. seskanib oʻziga keldi. Xushdan ajralayozgan bechoralar [qutidor, Oftob oyim] bu holdan bir oz jonlangandek boʻldilar. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar.“ ◆ Uning gapi Sidiqjonning qulogʻiga kirmas edi. Sidiqjon to hushini oʻnglaguncha, Boltaboy bostirmaga kirib keldi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari.“
- Hushi (boshidan) uchmoq 1) hushini, oʻzini yoʻqotmoq. ◆ "Daraksiz" degan soʻzni eshitdi-yu, onaning hushi boshidan uchdi. I. Rahim, „Chin muhabbat.“ ◆ Oʻlimni birinchi marta koʻrganim uchunmi, hushim uchib, qotib qoldim. O. Yoqubov, „Izlayman.“ 2) hangu mang, hayron holatga tushmoq. ◆ Birdan bosdi orqadan Toʻpolon, miltiq tovushi. Shu choq yoʻlovchilarning Uchdi boshidan hushi. Gʻayratiy. ◆ Dovullayotgan yuzini kafti bilan silagancha yurib ketdi, hushi uchgancha, avtobusga oʻtirdi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol.“
- Hushi ketmoq Biror narsaga maxliyo boʻlmoq; yetishishni orzu qilmoq. ◆ "Bolada, murti sabza urib qolgan boʻlsa hamki, bolaligini qoʻymaydi: behiga hushi ketdi, – deb oʻyladi qora-bayirdagi keksa kishi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .
- Hushiga kelmoq Es-hushi, idroki oʻz holiga kelmoq. ◆ Hamma uning boʻzargan yuziga tikilib, hushiga kelishini sabrsizlik bilan kutmoqda edi. P. Tursun, „Oʻqituvchi.“ ◆ Ota hushiga kelib, koʻzini ochdi. M. Mahmudov, „Mangu kuy izlab.“
- Hushidan ketmoq Es-hushini yoʻqotmoq; oʻzidan ketmoq. ◆ Topdi, jigarbandini topdi, Xosiyat xola muzdek mar-mar toshni quchoqlab, hushidan ketdi. R. Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ . ◆ Yaralangan Abdullayev qimir etmay hushidan ketdi. T. Rustamov, „Mangu jasorat.“
- Hushini yigʻmoq Es-hushini meʼyoriy holga keltirmoq. ◆ Iskanderov bir seskanib, yana hushini yigʻib oldi. S. Ahmad, „Bosh ogʻrigʻi.“ ◆ Hovli oʻrtasida qaqqayib turgan Meʼmor nihoyat hushini yigʻib oldi.. Mirmuhsin, „Meʼmor.“
- Hushini olmoq Es-hushidan ayirmoq; es-hushini oʻziga tortmoq, maxliyo qilmoq. ◆ Baqt Gʻulomjonning hushini olib qoʻydi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Qorongʻi kechada vavagʻ va bitbildiqlari bilan kishi hushini olguvchi bedanalar.. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ҲУШ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Sifat
[tahrirlash]hush
Ruscha ru
hush
чувство, сознание, память, рассудок; ◆ ~i oʻzida он в сознании; он в здравом рассудке; ◆ ~ini yoʻqotdi или ◆ ~i uchdi он лишился рассудка, потерял рассудок; ◆ ~idan ketmoq (или ogʻmoq) лишиться чувств, терять сознание; ◆ bemor ~idan ketdi больной лишился чувств, больной забылся, больной потерял сознание; ◆ ~iga kelmoq очнуться, приходить в чувство, в сознание, приходить в себя; ◆ ~iga keltirmoq привести в чувство, привести в сознание; отрезвить.