(Translated by https://www.hiragana.jp/)
ichki - Vikilug‘at Kontent qismiga oʻtish

ichki

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ich-ki

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Ich qismda, ichkarida joylash-gan; ichkarigi, ichkaridagi. ◆ Ichkihovli. Ichki eshik. n ◆ Oyqiz Olimjondan kelgan xatni.. nimchasining ichki choʻntagiga yashirdi-da, darrov oʻrnidan turdi. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ .

Ichki aʼzolar Odamlar va hayvonlar gav-da (tana)sining ichki boʻshlikdarida joy-lashgan va oʻziga xos bir yoki bir necha va-zifa bajaruvchi aʼzolar. Ichki kasalliklar 1) ichki aʼzolar kasalliklarining umumiy nomi; 2) klinik tibbiyotning ichki aʼzolar kasalliklarining kelib chiqishi, pa-togenezi va klinik koʻrinishlarini, ular-ning diagnozlarini anikdashning, davo-lash hamda profilaktikasining metodla-rini oʻrganuvchi sohasi. Ichki kiyimlar Ochiq badanni yopib turish, ter va b. ajral-malarni shimib olish va sh. k. uchun xizmat qiladigan, badan bilan tashqi engillar oraligʻida foydalaniladigan (kiyiladi-gan) gigiyenik kiyimlar.

2 Ich qism (tomon)ga oid; zid. tashqi. ◆ Jurnalning tashqi va ichki bezalishi izchil takomillashtirib borilmogʻi kerak. Gazetadan . ◆ Binoning ichki pardozi hali uncha bit-magani.. uchun choyxona hali bu yerga koʻchmagan, bino hozircha klub vazifasini oʻtab turar edi. A. Qaqhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

3 Mamlakat, davlat, tashkilot va shu kabilarning oʻz ichida va oʻz ishi bilan bogʻliq boʻlgan. ◆ Davlatning ichki ishlari. Ichki im-koniyatlar. Ichki nizolar. Ichki va xalqaro hayotga oid masalalar.

4 Kishining ruhiy dunyosiga, kechinma-lariga oid. ◆ Uning.. oqish yuzi ichki kechinma-larini uzluksiz aks ettirardi. P. Qodirov, „Uch ildiz“ . ◆ Kishining ichki hissiyotini yuzida-gi oʻzgarishlardan tezda payqab oluvchi Is-lomxoʻja qizidagi alam-iztirobning izlari-ni darhol sezdi. J. Sharipov, „Xorazm“ . ◆ Arava-kashning ichki holatini sezib turgan Badia chidab turolmay, darhol otasini turtdi: -Suv beraymi, ota? Mirmuhsin, „Meʼmor“ .

5 (-lar qoʻshimchasi bilan) tar. Temu-riylar, boburiylar va shayboniylar sal-tanatida hukmdor saroyida xizmat qiluv-chi navkarlar, xos qoʻshinlar; hukmdorga yaqin mulozim va beklar. ◆ Shayboniyxon koʻshkning yuqorigi qavatida.. peshin namo-zini oʻqib boʻlgan ham ediki, yasovul kirib, Sulton Ali Mirzo bir necha ichkilari bilan qalʼadan xon xuzuriga kelganini aytdi. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ИЧКИ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

ichki
внутренний; ◆ ~ choʻntak внутренний карман; ◆ ~ ishlar внутренние дела; ◆ ~ ishlarga aralashmaslik невмешательство во внутренние дела; ◆ ~ ishlar ministrligi (IIM) министерство внутренних дел (МВД); ◆ U hozir soʻzlashga ~ bir ehtiyoj sezdi (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Он почувствовал (ощутил) сейчас какую-то внутреннюю потребность говорить; ◆ ~-tashqi kiyim (букв. внутренняя и наружная одежда) нижняя и верхняя одежда.