osuda
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]o-su-da
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]OSUDA Bu sifat 'tinchlan-' maʼnosini anglatadigan tojikcha osudan feʼlining osud oʻtgan zamon asosiga (ТжРС, 289) -a qoʻshimchasini (ТжРС,
543) qoʻshib hosil qilingan boʻlib, 'tinch', 'bexavotir' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 547).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
fors. – tinchlangan; tinch, osoyishta, xotirjam;
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]Tinch, betashvish; xotirjam. ◆ Shu kunlarni, shu osuda hayotni qanchalar orzu qilgan edik. "Yoshlik". ◆ Maʼsum, osuda yuzi yuragimga shunday yaqin tuyuldiki, uning ochiq, nozik tuygʻularidan iborat boʻlib koʻringan qalbini har qanday shikastdan himoya qilishga tayyor edim. A. Muxtor, „Asarlar.“ ◆ [Navoiy:] Hayhot, biror osuda dam yoʻq. Koʻngil yigʻlaydi-yu, koʻzlarda nam yoʻq. Uygʻun va ISulton, Alisher Navoiy. ◆ Butun shahar xalqi sokin uyquda. Orom olmoqdasan sen ham osuda. X. Rasul.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ОСУДА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.