qimiz
Qiyofa
Etimologiyasi
[tahrirlash]QIMIZ 'biya sutini chayqatish, shopirish bilan tayyorlanadigan shifobaxsh ichimlik'. Korsondagi q i-m i z tugab, shoʻrva ham ichildi (Abdulla Qodiriy). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli 'chayqal-', ' toʻlqinlan-' maʼnosini anglatgan qum- feʼlidan (Devon, II, 35) -(u)z qoʻshimchasi bilan yasalgan (ДС, 466): qum- + uz = qumuz. Qadimgi turkiy tildayoq bu soʻz qïmïz tarzida ham talaffuz qilingan (Devon, I, 346); oʻzbek tiliga keyingi shakli yetib kelib, uning tarkibidagi ï unlilarining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: qïmïz > qimiz.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.