(Translated by https://www.hiragana.jp/)
rahm - Vikilug‘at Kontent qismiga oʻtish

rahm

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

rahm

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

arab. – shafqat, marhamat; achinish; mehribonlik, mehr;

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

Ayanch yoki mushkul ahvoldagi kimsaga, narsaga nisbatan achinish tuygʻusi va shunday tuygʻu taʼsirida koʻrsatilgan shafqat, marhamat. ◆ Sizni ogʻzi qon boʻri dedim, chunki sizda rahm yoʻq. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar.“ ◆ Bir kun undan qittay rahm tilagan ayollarimizni qoʻndoq bilan savab baqirdi.. Oybek, „Quyosh qoraymas.“

Rahm qilmoq 1) shafqat qilmoq, marhamat qilmoq. ◆ [Oyisha begim Boburga:] Samarqand sizga jangsiz darvoza ochmas, endi oʻzingizga rahm qiling. Urushga bormang, oʻtinaman! P. Qodirov, „Yulduzli tunlar.“ ◆ Sizda odamiyat boʻlsa, bu gʻaribi notavonga rahm qilmaganingizda ham, anovi shoʻrlik bolalarning zoriga rahm qilishingiz kerak edi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .; 2) ayamoq, achinmoq. ◆ Birov zulm qilsa, birov rahm qilar ekan, birov osh bersa, birov non berar ekan. Oydin, „Sadagʻang boʻlay, komandir.“
Rahmi kelmoq Achinish hissi paydo boʻlmoq, achinmoq; ayamoq; yordam bergisi kelmoq. ◆ Yalang boshidan qon oqayotgan, yirtilgan koʻylagi orasidan momataloq badani koʻrinib turgan, oʻzi choʻkka tushib, odamlardan shafqat soʻrayotgan yigirma yoshlardagi yigitga Tohirning rahmi keldi. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar.“ ◆ Xotin kishining koʻz yoshi shirin boʻladi. Yodgorning rahmi keldi. Xotinini ovutdi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol.“
Rahmini keltirmoq Kimsada achinish, ayash hissini tugʻdirmoq, paydo qilmoq. ◆ Bashirjon odamning rahmini keltirar darajada yupun, odmigina kiyinib, Shamsi Toʻrayevichnikiga yoʻl oldi. N. Aminov, „Suvarak.“

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

РАҲМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

rahm
милосердие, сострадание; жалость; пощада; ◆ rahm qilmoq жалеть, проявлять жалость, сострадание; щадить; сжалиться; ◆ mening unga rahmim keldi мне стало жалко его; я сжалился над ним; ◆ rahm qilmay безжалостно, беспощадно.