sumalak
Qiyofa
sumalak I
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]su-ma-lak
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]- Qorning erib oqib, qayta muzlashi natijasida hosil boʻlgan naysimon, choʻzinchoq muz. ◆ Oʻng tomonda shohi par-dadek osilib turgan yapaloq, lentasimon sumalaklar ham juda chiroyli edi. A. Koʻchi-mov, „Halqa“ . ◆ Yer, tomlar qor. Tarnovlarda sumalaklar osilgan. Izgʻirin yuzni yalaydi. S. Nurov, „Narvoy“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]sumalak II
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]su-ma-lak
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]SUMALAK ' undirib yanchilgan bugʻdoydan tayyor-lanadigan ovqat'. S u m a l a k pishirish hamma ma— hallalarda odat tusiga kirdi. Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi 'ivitilgan bugʻdoy' maʼnosini anglatgan suma otidan (Devon, III, 253) eski oʻzbek tilida kichraytirish maʼnosini ifodalovchi -lak qoʻshimchasi bilan qosil qilingan; keyinchalik a unlilari ä unlilariga al-mashgan: suma + lak = sumalak > sumäläk. Bu soʻz asli oz miqdorda ivitilgan bugʻdoy' maʼnosini anglatgan, qozirgi maʼnosi shu maʼno asosida yuzaga kelgan. '
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]- Undirib yanchilgan bugʻdoy, un va yogʻ aralashmasidan tayyorlanadigan, servitamin, xushxoʻr holvaytarsimon ovqat (odatda bahor kezlari ayollar oʻrtasida xalfana asosida pishiriladi). ◆ Bu kecha — gulgun kecha, Oʻchoqda oʻt tonggacha, Kim pishirsa sumalak, Yashasin — ey minggacha! A. Suyun, Olis tonglar. ◆ Doshqozonda qaynar sumalak, Onaxonlar tongni poylaydi. "Saodat" . ◆ Binobarin, sumalak yilda bir martagina tayyorlash mumkin boʻlgan noyob taomdir. K. Mahmudov, „Oʻzbek tansiq taomlari“ .
Tillar
[tahrirlash]Tillarda
|
Antonimlari
[tahrirlash]СУМАЛАК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.