sut
Ot
sut
Ot
sut
Ot
sut
Ot
sut
Pak qiz
Ot
sut
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
sut
Aytilishi
Etimologiyasi
SUT 'yelin bezlaridan ajralib chiqadigan oq suyuqlik'. ◆ Sutdan ogʻzi kuygan qatiqni ham puflab ichadi Maqol . Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli süt tarzida talaffuz qilingan (ПДП, 423; Devon, III, 132; DS, 518); oʻzbek tilida ü unlisining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: süt > sut.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
1 Odam (ayol) va sutemizuvchi hayvonlarning laktatsiya davrida sut bezlarida ishlab chiqariladigan, yangi tugʻilgan naslni oziqlantiradigan murakkab kimyoviy tarkibli oqrangdagi suyuqlik. ◆ Sut bezlari. Bola yigʻlamasa, ona sut bermaydi. Maqol . ■■ ◆ Koʻkragimda sutim deb, Yuragimda oʻtim deb, Enasi shoʻrlik yigʻlaydi, Qaydasan, Ahmadim, deb. Oysuluv . ◆ Iskandar yelinning soʻrgʻichdek uchlaridan tiz-tiz otilib chiqib, xurmaga oppoq ipdek pov-pov choʻzilib tushayotgan sutga hayrat bilan tikilib qoldi. S. Nurov, „Maysalarni ayoz urmaydi“ .
2 Sigir, qoʻy, echki va shu kabi chorva mollarining emchagidan sogʻib olingan shunday suyuqlik (ovqat va mahsulot sifatida). ◆ Sigir suti. Yogʻli sut. Sut sanoati. Sut mahsulotlari. Sutdan ogʻzi kuygan qatiqni puflab ichar. Maqol . n ◆ Kechagi chorshanba bozorda bir sigir oldim deng, yegani quruq xashagu sutiga qoshiq botmaydi — shundoqqina qaymoq. „Askiya“. ◆ Oshqozonda hazm boʻlib ketishi zarur boʻlgan dorilarni sut bilan ichish mutlaqo mumkin emas. Fan va turmush .
3 Baʼzi oʻsimliklarning tanasi, poyasi yoki hosilidagi oq suyuqlik. ◆ Semizoʻtning suti. Dumbul joʻxorining suti, m ◆ Bir kuni Fayzulla bilan suti qotgan dumbul oʻriklarni terib olib, juftmi-toq oʻynab oʻtirsak, koʻchada birov chaqirganday boʻldi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .
- Ona suti ogʻziga kelmoq q. ogʻiz. ◆ Nainki sen, ishlayversak, bizlarning ham, bil, Ogʻzimizga kelib qolar ona sutimiz. Abdulla Oripov, „Yillar armoni“ . Ona suti ogʻzidan ketmagan \ali yosh, turmushning achchiq-chuchugini, tajribasini koʻrmagan; goʻdak. ◆ Ona suti ogʻzidan ketmagan bola. Ona sutiday halol (yoki pok) q. ona. Oq sutini oqqa, koʻk sutini koʻkka sogʻmoq q. oq. Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi. Yoshlikdan oʻrgangan odat oʻla-oʻlguncha saqlanadi, degan maʼnoda ishlatiladigan matal. ◆ Maxdum.. Anvarning biror kambagʻal bilan „yozilishib“ oʻtirganini koʻrsa.. „sut bilan kirgan, jon bilan chiqar, maqoli koʻp toʻgʻri soʻz“, deb oʻylar va ensasi qotib, chetga ketar edi. Qodiriy Mehrobdan chayon . Sutdan oq, suvdan tiniq Begʻubor, pok, begunoh odam haqida. Xom sut emgan banda (yoki inson) q. emmoq. ◆ Ishoq Maxsum bilan Usta Moʻmin ham xom sut emgan banda edilar. Gazetadan .
Sinonimlari
Antonimlari
СУТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
sut
Maʼnosi
- „Sut“ — odam va sut emizuvchi hayvonlarning laktatsiya davrida sut bezlarida ishlab chiqariladigan suyuklik; fiziologik jihatdan yangi tugʻilgan naslni oziqlantirishga moʻljallangan murakkab kimyoviy tarkibga va barcha oziq moddalarga ega.
- Tarkibida suv, oqsil, yogʻ, mineral moddalar, vitaminlar, fermentlar, gormonlar va boshqa moddalar bor. Sut tarkibida organizmning normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur koʻpgina oziq moddalarning maqbul nisbatlarda boʻlishi uni qimmatli ◆ oziqovqat mahsulotiga aylantiradi .
- Sut faqat go‘daklargagina emas, balki voyaga yetganlarga ham foydalidir, chunki unda kalsiy va vitamin C anchagina.
Ot
sut (koʻplik sutlar)
Tillar
|
|
OʻTIL
Ruscha ru
sut
1 молоко; // молочный; ◆ sigir suti коровье молоко; ◆ pishirilgan sut кипячёное молоко; ◆ xom sut сырое молоко; ◆ sut fermasi молочная ферма; ◆ sut emizuvchilar или ◆ sut emarlar зоол. млекопитающие; ◆ sutdan qolmoq перестать доиться; ◆ suti qochibdi у неё исчезло молоко; она перестала доиться; ◆ sigirning suti sogʻuvchilar qoʻlida погов. молоко коровы в руках доярок; ◆ bola yigʻlamasa, ona sut bermaydi (букв. если ребёнок не плачет, мать не даст ему молока) дитя не плачет, мать не разумеет; ◆ ona suti ogʻzidan keldi (букв. у него материнское молоко изо рта пошло) он измучился, он потратил очень много труда, приложил много сил; ◆ ona suti ogʻzidan ketmagan или ◆ ona suti ogʻzidan kelib turibdi молоко на губах не обсохло; ◆ sutdan oq, suvdan tiniq белее молока, прозрачнее воды (о безгрешном человеке); ◆ sut bilan kirgan jon bilan chiqar посл. (букв. всосанное с молоком уйдёт с душой) горбатого могила исправит;◆ ona sutidan halol честнее материнского молока (о чём-л. добытом честным трудом);
2 млечный сок (в стеблях или плодах растений); ◆ semiz oʻtning suti млечный сок портулака;
3 входит в состав некоторых ботанических названий; ◆ boʻri sut бот. волчье молоко; ◆ sut pechak бот. ластовень остролистный; ◆ sut tikan бот. молокан; ◆ sut choʻp бот. лактук; ◆
- xom sut emgan banda (букв. смертный, сосавший сырое молоко) человек не безгрешен; человеку свойственно ошибаться.
Sifat
sut
- Skript xatolari mavjud boʻlgan sahifalar
- Daniya tili
- Jinsi yoʻq datcha maʼnoga ega boʻlgan moddalar
- Datchada ot soʻzlar
- Gagavuz tili
- Gagavuzchada ot soʻzlar
- Fin tili
- Finchada ot soʻzlar
- Mojar tili
- Mojarchada ot soʻzlar
- Qoraqalpoq tili
- Qoraqalpoqchada ot soʻzlar
- Oʻzbek tili
- Oʻzbek tilining etimologik lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar
- Oʻzbekchada turkiy soʻzlar
- Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar
- Oʻzbekchada ot soʻzlar
- Tarjima stol tablasi sayqal mahrum
- Valliy tili
- Valliychada sifat soʻzlar
- Oʻzbekchada biologiyaga oid soʻzlar