tasma
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]tas-ma
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Uzun, ensiz teri. ◆ Botir arslonni oʻldirib, terisidan bir tasma oldi. "Ertaklar" .
2 Shunday koʻrinishda boʻlgan, bogʻlash, biriktirish va shu kabilar uchun ishlatiladigan, teri yoki pishiq matodan yasalgan ensiz buyum; qayish, kamar. ◆ Yugan tasmasi. Miltiq tasmasi. ◆ Boboqul ota qoʻzichoqning qoʻltigʻidan brezent tasma tortardi-da, kichkinagina tarozining ilgagiga ilib koʻtarardi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ ◆ Keyin qizil dastali ustarani tasmaga shart-shart qayrab, chamadonga joylashtirdi. "Guldasta" ◆ Boshliq oriq, choʻzinchoq yuzli, bir koʻzi ingichka tasma bilan boylangan novcha kishi edi. S. Ahmad, „Hukm“
3 Baʼzi bir mexanizmlar yoki transport moslamalarining toʻxtovsiz harakatlanishi va boshqa vazifa uchun qoʻllanadigan, charm yoki boshqa pishiq toʻqimadan ishlangan uzun buyum; lenta. ◆ Ventilyatsiya tasmasi. ◆ Yaqin kelgusida hozirgidan uch baravar koʻpga chidaydigan kapron tasma ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. S. Abdullayev, „Gazlamaning "umri"“ . ◆ Shpindellarni harakatga keltiruvchi tasma, ventilyatorlarning shkivlari shu vaqtgacha oʻrnatilmabdi. Gazetadan
4 koʻchma. Lenta. ◆ Bir dam olish kuni Toshkent radiosidan ikkita muxbir kelib, soʻzimizni magnit tasmasiga yozib oldi. T. Rasulov, „Sarbon“
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ТАСМА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
tasma
1 полоса; тесьма; лента; ◆ Botir arslonni oʻldirib, terisidan bir tasma oldi («Эртаклар») Богатырь убил льва и вырезал ленту из его шкуры;
2 ремень, пояс; ремешок; ◆ belga tasma bogʻlamoq опоясываться ремнем; ◆ soat tasma si ремешок для часов;◆ miltiq gʻilofining tasmalari ремешки ружейного чехла;
3 спец. приводной ремень;◆ motorning tasmasi приводной ремень мотора; ◆
- tasma bel стройный стан; стройная фигура.