(Translated by https://www.hiragana.jp/)
INFOMAN.UZ » Barak Obama birinchi raqamli terrorist – Usoma bin Ladinning o‘ldirilganligini ma’lum qildi
The Wayback Machine - https://web.archive.org/web/20110523002119/http://infoman.uz:80/2011/05/usama-ben-laden-dead/

Boshi » Umumiy »

Barak Obama birinchi raqamli terrorist – Usoma bin Ladinning o‘ldirilganligini ma’lum qildi

03.05.2011

Barak Obama birinchi raqamli terrorist – Usoma bin Ladinning o‘ldirilganligini ma’lum qildi

“Al-Qoida” yetakchisi, AQShda yuz bergan 2001-yil 11-sentabr voqealari tashkilotchisi, dunyodagi birinchi raqamli terrosit – Usoma bin Ladin AQSh harbiy kuchlari va Pokiston maxsus xizmati birgalikda o‘tkazgan maxsus operatsiyada o‘ldirildi. AQSh Prezidenti Barak Obama o‘zining xalqqa qilgan murojaatida dunyodagi eng xavfli, AQSh uchun birinchi raqamli dushman sanalgan terroristning o‘ldirilganligini ma’lum qildi.

Obamaning so‘zlariga ko‘ra, shu yilning 1-may kuni Pokistonning Abbotobod shahrida o‘tkazilgan maxus operatsiya natijasida Usoma bin Ladinning hayotiga nuqta qo‘yilgan. O‘tkazilgan DNK-testlari shuni ko‘rsatdiki, jasad haqiqatdan ham Usoma bin Ladinga tegishli.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi ham Usoma bin Ladinning Abbotobod shahrida o‘ldirilganligini tasdiqladi.

Usoma bin Ladin 1957-yilda tug‘ilgan. Uning otasi, asli yamanlik, yirik “Bin Laden Group” qurilish kompaniyasiga egalik qilgan. Usoma bin Ladin oilada 52 farzanddan o‘n yettinchisi bo‘lgan.

U 1979-yilda Afg‘oniston hududida SSSR armiyasiga qarshi harakat qilgan. Afg‘onistondagi urush yakunlanishi arafasida “Al-Qoida” terroristik tashkilotini tuzish bilan shug‘ullangan. O‘shandan beri u bir necha terrorchilik harakatlarini amalga oshirib kelgan.

Manba: Vedomosti.ru

Fikr va mulohazalar (5)

  1. software - 04.05.2011

    AQShning Usamani o‘ldirdik deb dunyoga jar solayotgani bir oz menda shubha uyg‘otayaptida, nega diysizmi?!
    1 dan O‘ldirgan bo‘lsa qani dalil? hech qanday dalilni ochiqlamadi. faqat o‘ldirib dengizga dafin qildikmush. nima emish dahshatli manzarada bo‘lgani uchun ommaga ochiqlamayapmiz deydi.
    2 dan AQSh harbiylari hujum qilgan paytda Usama qurolsiz bo‘lgani aytildi. Qurolsiz bo‘lsa katta ehtimol borki, Usamani mahkamagacha yetkazilardi. obdon suvini ichardi undan keyin Iroqni Sobiq presidenti kabi osvorardimi, yanayam hudo biladi.
    shubhalanishimga ikki karra hissa qo‘shilgani. endi AQSh Pokistonga sakrashni boshladi. nima emish, Sen unga shuncha yil joy berib keldingmi yo uni shu yerda pisib yotganini bilmaganmiding emish, hali jiddiy tekshirishini ham Oq uy qo‘shimvha qilib qo‘ydi. 
    yana AQSh hujum qilgan Usama qarorgohi Pokiston harbiy bo‘linmasidan atiga 100-150 metr uzoqlikda bo‘lgan emish.
    yana bir qiziq tomoni AQSh operatsiyada Pokistonni nimaga aralashtirmadinglar deganda Pokiston Usamaga sotib qo‘yishi mumkin edimish. iiii undan ko‘ra stenariyni tuzishda bunaqa joyi yo‘q edi degin. Hullas Usamani o‘limi Pokistonga qimmatga tushmasa edi deymanda. ilonni yog‘ini yalaganlardan har qanaqa o‘yinni kutavering ekan.

  2. investor - 04.05.2011

    @Software@ Exe og‘ayni “2oo1 yil portlashlari” filimini yozgan senaristlar “Usamani o‘lim sahnasi” ni yozishga o‘ylanishadimi. Afg‘oniston, Iroq , Eron(bunga xech nima qilaolmadiyu), Liviya, naxot endi rostdanam     Pokiston bo‘lsa (pokistonxam neftga boymiyo?) . Lekin eng ajablanarlisi ko‘rasiz xali endi yuzaga chiqadi tez orada taxmin qilyapman(o‘zimga yarasha uncha katta bo‘lmasada) bu faqat “asarning ” birinchi pardasi xalos kutamiz ikkinchi pardada nima bo‘lishini?!! {Boshqa ilojimiz xam yo‘q}

  3. Alisher Karimov - 05.05.2011

    Bu narsa ham menda shubha uyg‘otdi, AQSH insonlarni yol’gon informatsiya bilan chalg‘itib pokistonga harbiylarini kiritib iroqni kunlarini boshiga solmasa bo‘ldi edi.

  4. NAT.UZ - 06.05.2011

    Birodarlar men ham buni yaxwi anglab turibman ammo birgina binladinni o‘limi xali terrrorni yo‘q qildik degani emas bundan manfaatdor Yuridik va Jismoniy shaxslar bor ekan ularnini hamma asarlari ko‘raveramiz ajab emas yaqinda 3D yoki5D ko‘rinishida….
    nima bo‘lganda ham O‘zbekistonimizga ko‘z tegmasin Alloh hammamizni o‘zi asrasin. Bu katta siyosiy o‘yinlarda albbatta haqiqat tarafdorlari ham bor albbat yo‘limizni tanlashda kimga ergashishimizda o‘zi adashtirmasin aks holda biz ham Arab va Afrika davlalari kabi turli ruzoqlarga tushuib qolishimiz xech gap emas bular Waytonga ham dars berurlar….

  5. HOSHIMBEK - 07.05.2011

    Bu Ben Laden deganlarining 7-marta o‘limi e’lon qilinishi ekan! Qanaqa odam o‘zi bu? Odatda dunyoda har qanday siyosiy jarayonlarda AQSH manfaati yotadi! Bu safar ham shunday bo‘lmasa edi deb o‘ylayman! Biz mustaqil mamlakatimizni mana shu AQSHga o‘xshagan razil niyatli mamlakatlardan himoya qilishimiz kerak!

Mulohaza bildiring