(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Kompleks IV - Vikipediya Jump to content

Kompleks IV

From Vikipediya
PDB 1oco EBI.jpg
Kompleks IV ning 3-D korinishi

Kompleks IV, Sitoxrom-c-oksidazasi (sitoxromoksidaza), Sitoxrom-c-kislorod-oksireduktazasi yoki Sitoxrom aa3 - mitoxondriyaning elektron transport zanjirining oxirgi multioqsil kompleksi, sitoxrom c ni oksidlaydi, elektronlarni kislorodga tashish natijasida suv hosil boʼlish reaksiyasining katalizatori sifatida ishlaydi. Sitoxromoksidaza xar bir eukariotlarning mitoxondriyalarining ichki membranasida uchraydi hamda koʼp bakterialar ham oʼz hujayra membranalarida sitoxromoksidazaga ega.

Reaksiya

[edit | edit source]
Sitoxromoksidazaning ishlash sxemasi.

Kompleks IV toʼrta sitoxrom c molekulalarini oksidlaydi va 4ta elektron qabul qilib, O2ni 2H2Ogacha qaytaradi. O2ni qaytarish reaksiyasi natijasida mitoxondrial matriksdan suv hosil qilish uchun 4ta proton olinadi. Shu bois sitoxromoksidaza mitoxondriyada elektrokimyoviy potentsial hosil qilishda va ATF sintezlashda ishtirok etadi. Bundan tashqari kompleks IV butun mitoxondriyaning elektron transport zanjirining ishlashini nazorat qilib turadi.

4sitoxrom c2+ + O2 + 8H+ichkari → 4sitoxrom c3+ + 2H2O + 4H+tashqari

Sitoxromoksidazada kislorod qaytarilish reaksayasi Cu va Fe atomlarida (biyaderli markaz) boʼlib oʼtadi.

Sitoxromoksidazaning ingibitorlari

[edit | edit source]

Sianidlar, sulfidlar, azidlar, CO va NO hujayraga tushib mitoxondriyada sitoxromoksidazaning biyader markazi bilan bogʼlanib hujayra oʼlimiga olib kelishlari mumkin. Metanol (texnik spirt) organizmga tushib sitoxromoksidazaning ingibitorlash xususiyatiga ega chumoli kislotasiga aylanadi.

DNK-barkoding

[edit | edit source]

Sitoxrom c-oksidazaning I subbirligining gen ketma-ketligi (600 nukleotid uzunligiga ega) DNK-barkodingda (muayyan organizm qaysi taksonga tegishliligini DNK nukleotidlarini ketma-ketligini tekshirish asosidagi metod) ishlatiladi

Yana koʼring

[edit | edit source]

Adabiyotlar

[edit | edit source]
  • Alьberts B. i dr. Molekulyarnaya biologiya kletki v 3 tomax. T1. 2015
  • Nosov M.A. Fiziologiya rasteniy - kurs lektsiy - lektsiya 1 - 2016