(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Mongol tili - Vikipediya Jump to content

Mongol tili

From Vikipediya
Moʻgʻul tili
Milliy nomi Mongol xel
ᠮᠣᠩᠭᠣᠯ ᠬᠡᠯᠡ
Mamlakatlar Mogʻuliston bayrogʻi Mongoliya , Xitoy bayrogʻi Xitoy , Rossiya bayrogʻi Rossiya , Tayvan bayrogʻi Tayvan, AQSH bayrogʻi AQSh, Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston
Rasmiylik holati

Mogʻuliston bayrogʻi Mongoliya
Mintaqaviy til sifatida:
Xitoy bayrogʻi Xitoy  : Ichki Moʻgʻulistonda
Rossiya bayrogʻi Rossiya  : Buryatiya; Qalmoqiston; Irkutsk viloyatida;

Qirgʻiziston: Issiqkoʻl viloyatida
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5,7 mln.
Turkumlanishi
Turkum Moʻgʻul tillari
Til oilasi Oltoy tillari
Alifbosi moʻgʻul kirill alifbosi, eski moʻgʻul yozuvi
Til kodlari
ISO 639-1 mon 463

Mongol tili, moʻgʻul tilimoʻgʻul tillaridan biri, Mongoliyaning rasmiy tili (1921-yildan), xalxa lahjasi asosida rivojlanmoqda, shuning uchun «xalxa mongol» deb ham ataladi; XXRning Ichki Mongoliya hududida xdm qabilalararo til sifatida qoʻllanadi. 5 mln.dan ortiqroq kishi soʻzlashadi. 14—15-asrlarda shakllangan. Bir qancha lahja va shevalari boʻlib, ular, asosan, dj, dz, s, ch singari qorishiq undoshlarning qoʻllanish-qoʻllanmasligi bilan oʻzaro ajralib turadi. Mongoliyada 1945-yildan rus alifbosi asosida unga 2 ta harf qoʻshish bilan yangi moʻgʻul yozuvi joriy qilingan[1]. Sintaksisi aniqlovchining aniqlanmishdan keyin kelishi, kesimning odatda soʻz oxirida kelishi hamda kelishiklarda aniqlovchi aniqlanmish bilan moslashmasligi bilan xarakterlanadi. Hozirgi moʻgʻul tilida 7 ta unli mavjud. Unlilar choʻziq va qisqa boʻlishi mumkin, choʻziq unlilar harfni ikki baravar koʻpaytirish orqali yozma ravishda ifodalanadi. Soʻz oʻrtasida qisqa urgʻusiz unlilar hech qachon talaffuz qilinmaydi: bolox «boʻlmoq» [bolx], medex «bilmoq» [medx][2]. Singarmonizm hodisasi mavjud. Moʻgʻul tilida urgʻu odatda birinchi boʻgʻinga, choʻziq unli yoki diftongga tushadi. Moʻgʻul tilida gapda qatʼiy soʻz tartibi mavjud. Ega har doim gapni tugatadigan kesimdan oldin keladi. Soʻroq gaplarda gap oxirida joylashtirilgan soʻroq yuklamalari ishlatiladi; uu yuklamasi qattiq undosh bilan tugaydigan soʻzlardan keyin, үү — yumshoq undoshlardan keyin keladi: Ene nom uu? «Bu kitobmi?», Ene devter үү? «Bu daftarmi?», shuningdek uyu va yuү yuklamalari choʻziq unli bilan tugagan soʻzlardan keyin ishlatiladi (uyu - qattiq soʻzlarda, yuү - yumshoq soʻzlarda qoʻllaniladi): Ene shiree yuү? «Bu stolmi?», Ene karandaa yuu? «Bu qalammi?». Be yuklamasi (m, n, l dan keyin) va ve (boshqa hollarda) soʻroq soʻzlari boʻlgan soʻroq gaplarda ishlatiladi: Ene xen be? «Bu kim?». Muqobil savol soʻroq gapni toʻliq takrorlash orqali hosil boʻladi: Ene nom uu, devter үү? «Bu kitobmi yo daftarmi?»[3]. Moʻgʻul tilida turkiy tillardan oʻzlashgan soʻzlar mavjud: otoch «shifokor», shat «narvon, shoti», buurtsag «noʻxat» va boshqalar. Sanskrit tilidan (diniy buddizm adabiyotidan, koʻpincha tibet tili orqali): tiv «qitʼa», xiyd «monastir» va boshqalar. Tibet tilidan: davaa «dushanba», lxagva «chorshanba», aravnaylax «yoritmoq» va boshqalar. Xitoy tilidagi oʻzlashmalar moʻgʻul tilida qadim zamonlardan beri paydo mavjud: eng koʻp xitoycha soʻzlar mumtoz moʻgʻul yozma tilida kuzatilgan (XVI-XX asrlar); moʻgʻullarning xitoylar bilan savdosi natijasida ushbu oʻzlashma soʻzlari bir qismi tilga kirib bordi va ularning muhim qismi mumtoz moʻgʻul yozma tilidan kelib chiqdi; zamonaviy moʻgʻul tilida ishlatiladigan xitoycha soʻzlar: tsay «choy», baytsaa «karam», luuvan «sabzi», janjin «qoʻmondon» va boshqalarni aytish oʻtish mumkin. Boshqa tillardan olingan oʻzlashmalar ham mavjud: rus, tungus-manjur, fors, arab, yunon (masalan, nom «kitob», uygʻur tili orqali sugʻd tilidan oʻzlashgan) va boshqa tillardan oʻzlashmalar bor[4].

Alifbosi[edit | edit source]

Moʻgʻul alifbosida 35 ta harf boʻlib, k, f, щ va p harflari faqatgina oʻzlashma soʻzlarda uchraydi; v va r harflari esa, soʻz boshida kelmaydi[5]:

№. Koʻrinishi Nomi XFA[6] ISO 9 Lotinchada
1 Aa a a a a
2 Bb be p, pʲ, b b b
3 Vv ve w, wʲ v v
4 Gg ge ɡ, ɡʲ, k, ɢ g g
5 Dd de t, tʲ, d d d
6 Ee e jɛ~jɜ, e e ye
7 Yoyo yo ë yo, yö
8 Jj je tʃ, dʒ ž (zh) j
9 Zz ze ts, dz z z
10 Ii i i i i
11 Yy xagas i i j ĭ
12 Kk ka (, kʰʲ) k k
13 Ll el ɮ, ɮʲ l l
14 Mm em m, m m
15 Nn en n, , ŋ n n
16 Oo o ɔ o o
17 Өө ө o ô ö
18 Pp pe (, pʰʲ) p p
19 Rr er r, r r
20 Ss es s s s
21 Tt te , tʰʲ t t
22 Uu u ʊ u u
23 Үү]] ү u ù ü
24 Ff fe, fa, ef (f) f f
25 Xx xe, xa x, h x (kh)
26 Tsts tse tsʰ c c (ts)
27 Chch che tʃʰ č ch
28 Shsh sha, esh ʃ š sh
29 Щщ щa, eshche (stʃ) ŝ šč
30 Ъʼ xatuugiyn temdeg ʺ ʼ
31 Ыы er үgiyn ы i y y
32 Ьь zөөlniy temdeg ʲ ʹ
33 Ee e e è e
34 Yuyu yu , ju û yu, yü
35 Yaya ya ja, j â ya

Manbalar[edit | edit source]

  1. OʻzME
  2. Skorodumova 2002, s. 5.
  3. Skorodumova 2002, s. 17.
  4. Ulьzetueva, Z. D. Sovremennыy mongolьskiy yazыk. — Chita: ChitGU, 2010. — 230 s.
  5. Skorodumova 2002, s. 4.
  6. Svantesson, Jan-Olof, Anna Tsendina, Anastasia Karlsson, Vivan Franzén. 2005. The Phonology of Mongolian. New York: Oxford University Press: 30-40.