Xantilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
4-Sentyabr 2022, 20:13 dagi MalikxanBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Xantilar (oʻzlarini xante — "inson, odam" deb atashadi) — xalq. Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansi (11,9 ming kishi) va Yaman-Nenets (7,2 ming kishi) avtonom okruglari va Tomsk viloyatida yashaydilar. Rossiya Federatsiyasidagi umumiy soni — 22,3 ming kishi (1989). Xanti tilida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar.