(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Xirosima - Vikipediya Jump to content

Xirosima

From Vikipediya
Naka-kudagi Shukkeien yapon bog'i.

XirosimaYaponiyadagi shahar, Xonsyu oroli janubi-gʻarbida joylashgan. Xirosima prefekturasi maʻmuriy markazi.

Xirosima — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o.ning janubi-gʻarbida. Xirosima prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,12 mln. kishi (2000). Mamlakatning muhim transport, sanoat, moliya va madaniyat markazi. Ota daryosi deltasidagi port. Kemasozlik va stanoksozlik, avtomobilsozlik, harbiy, rezinatexnika, yogʻochsozlik, qogʻoz, toʻqimachilik, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. universitet bor. Shahar zamindorlar qasri atrofida 16-asrda bunyod etilgan. 1945-yil 6 avgustda AQSH aviatsiyasi tomonidan tashlangan atom bombasidan qattiq zarar koʻrgan. Bombardimon natijasida halok boʻlganlar xotirasiga yodgorlik muzeyi barpo etilgan. Tinchlik memorial markazi X.dagi eng muhim zamonaviy meʼmoriy bino hisoblanadi.


Aholisi - 1,15 mln. kishidan koʻproq, maydoni - 905 kv. km.

Shahar tarixi XVI asrda mahalliy yer egasi shu yerda oppoq Zogʻora baliq qasri (Ridzyo)ni qurdirgani boshlanadi.

Mashinasozlik, tekstil, ximiya, harbiy va boshqa sanoat tarmoqlari rivojlangan. Universitet bor.

1945 yil 6 avgust kuni B-29 Enola Gay amerika bombardimonchi samolyoti Xirosimaga birinchi atom bombasini tashladi. Xirosimaning katta qismi vayronaga aylandi, birinchi yarimyillikning oʻzida 140 ming kishi vafot etdi.

1951-52 yillarda Tinchlik Hiyoboni arxitekturaviy-dam olish ramziy boʻgʻi qurilgan.

Bombardimon qilishdan maʻno boʻlganmi?

[edit | edit source]

Haligicha Xirosimaning harbiy bombardimon qilinishidan maʻno bormi degan savolga yakuniy javob berilmagan. SSSR va uning maslakdoshlari, 1945-yil 6 avgustdagi Xirosimaga atom bombasini tashlanishi hech qanaqasiga urush yakunlanishini tezlashtirmagan, bu shunchaki jahonni yangi qurol bilan qoʻrqitish maqsadida qilingan, deb ishontirishga harakat qiladilar. Ularning fikricha, tasdiqlanganidek, Uzoq Sharqdagi urushga Sovet Ittifoqi ham qoʻshilgach, rasmiy Tokio baribir kapitulyatsiya eʻlon qilardi.