(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Anapa - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Anapa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anapa – Rossiya Federatsiyasi Krasnodar oʻlkasidagi shahar (1846-yildan), Qora dengiz sohilidagi bolalar iqlimiy va shifobaxsh balchiq bilan davolovchi kurort. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 56,7 ming kishi (1992). Iqlimi iliq. Yillik oʻrtacha temperatura 11,6°, yozi issiq. Shahar atrofida tokchilik rivojlangan. Anapada qishloq xoʻjaligi texnikumi, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalaridan yigiruv-toʻquv fabrikasi, oʻlkashunoslik muzeyi, sanatoriylar, dam olish uylari, ona va bolalar pansionatlari bor. Miloddan avvalgi 4-3-asrlarda Anapa oʻrnida – Gorgippiya antik shahri boʻlgan. Anapa arxeologik qazishlar oʻtkazilgan joy – ochiq osmon ostidagi muzey.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil