(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Charles Dickens - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Charles Dickens

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Charles Dickens

Dickens (New York, tax. 1867–1868)
Tavalludi
Charles John Huffam Dickens

7-fevral 1812-yil
Portsmouth, Angliya
Vafoti 9-iyun 1870-yil(1870-06-09)
(58 yoshda)
Higham, Kent, Angliya
Fuqaroligi United Kingdom of Great Britain and Ireland
Kasbi Yozuvchi
Turmush oʻrtogʻi
Catherine Dickens
(turm. 1836; ajr. 1858)
Otasi John Dickens
Onasi Elizabeth Dickens
Imzosi

Charles John Huffam Dickens (talaffuzi: Jon Haffem Charlz Dikkens; 7-fevral 1812 – 1870) – ingliz yozuvchisi. Adabiy faoliyati 1833-yilda boshlangan. Mehnatkash xalqning ogir axvoli Dickens asarlarining bosh mavzusi boʻlgan. Dickens tanqidiy realizm uslubining asoschilaridan hisoblanadi. Hajviy-sentimental ruhda yozilgan Pikvik klubining oʻlimidan keyingi yozishmalari (1837), Oliver Twistning sarguzashtlari (1838), Nikolas Niklbi (1839) romanlari Dickensni dunyoga mashhur qildi. 19-asrning 40—50-yillari Dickens ijodi gullagan davr boʻldi. „Martin Chuzzlewit“ (1844) romanida Amerika voqeligidagi salbiy tomonlar tasvirlangan. Dombi va oʻgʻli (1848) romanida insonlik qiyofasini yoʻqotgan, manmansiragan ingliz boyvachchalari hajv tigʻi ostiga olingan. Tarjimai hol yoʻsinidagi „David Copperfield“ (1850) romanida esa oʻsha zamonning ijtimoiy ziddiyatlari koʻrsatilgan. Dickens asarlarida, umuman oddiy kishilar qiyofasi zoʻr mahorat bilan aks etadi. 1848-yilda Angliyada chartistlar (yoʻqsullar) harakati magʻlubiyatga uchragan davrda Dickens dolzarb ijtimoiy muammolarni qalamga oldi (Sovuq uy, 1853; „Mashaqqatli zamon“, 1854; Jajji Dorrit, 1857 va boshqalar). Bular orasida, ayniqsa, Mashaqqatli zamon romani alohida ahamiyatga ega.

„Ikki shaharcha toʻgʻrisida qissa“ (1859), „Intizorlik“ (1861), „Bizning umumiy doʻstimiz“ (1865) kabi romanlarida esa Dickens jamiyatni ijtimoiy inqirozdan olib chiqish yoʻllarini badiiy vositalar yordamida tasvirlaydi.

„Oliver Twistning sarguzashtlari“ romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1984).

Yoshlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charles Dickens 1812-yil 7-fevralda 1 Mile End Terrace (hozirgi 393 tijorat yoʻli), Portsea orolining Landport shahrida dunyoga kelgan. Otasi dengiz harbiy xizmatchilari ishida ishchi boʻlib, tumanda vaqtinchalik xizmat qilgan.

1815-yil yanvar oyida John Dickens Londonga qaytarilib, oilasi oldiga Norfolk Street, Fitzroviaga koʻchib oʻtgan[1][2]. Charles toʻrt yoshligida Sheernessga koʻchib oʻtishgan va u yerdan Kentning Chatham shahriga koʻchib ketishgan. Garchi u oʻzini „oʻta kichik va uncha gʻamxoʻrlik koʻrsatilmagan oʻgʻil“ deb hisoblagan boʻlsa-da uning yosh hayoti osoyishtalik bilan oʻtgan[3]. U siyosatshunos jurnalist sifatida Parlament bahslaridan bayonot berib ishlagan va Morning Chronicle uchun saylov harakatlarini qamrab olish maqsadida Britaniyani sayohat qilib chiqqan[4].

Jurnalism va Yozuvchilik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1832-yil, oʻzining 20 yoshida Dickens kuchli va oʻziga ishonadigan boʻlgan[5]. Taqlid sanʼati va mashxur koʻngil ochar oʻyinlarni yoqtirgan. Oʻzi aniq nima xohlashini bilmagan boʻlsa ham mashxur boʻlishiga ishonchi komil boʻlgan. Teatrga jalb etilgan vaqtlarida Garrick Club[6] teatriga aʼzo boʻlgan. Dickens sinchkovlik bilan tayyorgarlik koʻrib boʻlgach komik Charles Mathewsga taqlid qilgan, ammo sovuq havo tufayli ijro qoldirilgan. boshqa imkoniyat tayyor boʻlishidan oldin u oʻz karyerasida yozuvchilikka qadam qoʻygan[7].

1833-yilda Dickens oʻzining „A Dinner at Poplar Walk“ nomli birinchi hikoyasini Londonning davriy Monthly jurnalida chop ettirgan[8]. Uning amakisi William Barrow unga The Mirror of Parlamentdan ish taklif qilgan va Dickens birinchi marta 1832-yilda Kommunlar palatasida ishlagan. U siyosatshunos jurnalist sifatida Parlament bahslaridan bayonot berib ishlagan va Morning Chronicle uchun saylov harakatlarini qamrab olish maqsadida Britaniyani sayohat qilib chiqqan[9].

  1. Callow 2012, s. 5
  2. Callow 2012, s. 5
  3. Forster 2006, s. 13.
  4. Tomalin, Claire. Charles Dickens: A Life. Penguin, 2011. ISBN 9781594203091. 
  5. Callow 2009, s. 48
  6. Tomalin 1992, s. 7
  7. Tomalin 1992, s. 76
  8. Patten 2001, ss. 16–18.
  9. Tomalin, Claire. Charles Dickens: A Life. Penguin, 2011. ISBN 9781594203091.