(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Dengiz arslonlari - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Dengiz arslonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dengiz arslonlari
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Dengiz arslonlari — qulokli tyulenlar oilasiga mansub 4 urugʻning umumiy nomi. Zalophus urugʻining faqat 1 turi — kaliforniya, yaʼni shim. D. a. (Z. californianus) bor. Tanasining uz. 200—250 sm, ogʻirligi 200—300 kg , tumshugʻi choʻziq, rangi qoramtir-kulrang; 3 kenja turga boʻlinadi. Jumladan Z.e californicus AQShning Tinch okeani sohillarida, Z.e wollebaecki Galapagos o.lari yaqinida, Z.e japonicus — Yaponiya D.a. Uzoq Sharkda tarqalgan. Oxirgi kenja tur Xalqaro Qizil ki-tobga kiritilgan (batamom qirilib ketgan boʻlishi mumkin). D.a. ning 3 urugʻi Jan. yarim sharda uchraydi. Avstraliya D.a. — N.cinera (Neophoca urugʻi) Avstraliya sohillarida, Yangi Zelandiya D. a. — Ph. hooked (3hocarctos urugʻi) Yangi Zelandiya sohillarida; jan. D. a. — O. byronia (Otaria urugʻi) Jan. Amerika va Antarktida sohillarida yashaydi. D.a.ning soni kam, sanoat ahamiyatiga ega emas.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil