Geveya
Qiyofa
Geveya (Hevea brasiliensis) — sutlamadoshlar oilasiga mansub kauchukli daraxt. Tabiiy kauchuk manbalaridan biri. Buyi 20—40 m, tanasining diametri 50 sm, bargi etl, murakkab. Gullari mayda, oqimtir-sargʻish, bir jinsli va bir uyli, ruvaksimon tupgul hosil qiladi. Mevasi kusakcha. Urugʻi qattiq pustli, kauchuk olish uchun geveya poʻstlogʻi tilinadi, oqib chiqqan sutsimon shira (lateks) quyuqlashib, kauchukka aylanadi. Braziliya oʻrmonlarida geveya yovvoyi holda oʻsadi. Malayya, Indoneziya, Shri Lanka va qisman Afrikaning tropik hududlarida hamda Jan. Amerikada ekiladi. 5—6 yoshidan 25—30 yoshgacha kauchuk beradi. Geveyaning gektaridan yiliga oʻrtacha 500 kg kauchuk yigʻiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |