Hermann Staudinger
Shtaudinger German (1881.23.3, Vormse — 1965.8.9, Freyburg) — nemis kimyogari. Galledagi untda falsafa doktori (1903). Strasburg universitetida ishlagan (190307). Karlsrue (190812) va Syurix (1912—26)dagi Oliy texnika maktabi professor Freyburgdagi yuqori molekulyar birikmalar instituti direktori (1940—51), faxriy direktori (1951-yildan). Asosiy ilmiy ishlari polimerlar kimyosiga oid. Ketenlarning birinchi vakili — difenilketenni sintez qilgan (1905). Diazoniy birikmalari asosida episulfonlar olish reaksiyasini kashf etgan (1916). Moychechak gulidan piretrinni ajratib olgan (1924), polivinil spirt olgan (1926). Makromolekulalarning zanjirli tuzilish nazariyasini ishlab chiqqan (1922). Uch oʻlchamli polimerlanish reaksiyasini ochgan (1934). Nobel mukofoti laureati (1953)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |