John Kendrew
Qiyofa
KENDRYU (Kendrew) Jon Kouderi (1917.24.3, Kompton, Berkshir — 1997.23.8, Cambridge) — ingliz biokimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1960-yildan). Rentgenostrukturaviy analiz usuli bilan oqsil molekulalarining tuzilishini tahlil qilgan. Mioglobin oqsili molekulasidagi polipentid zanjirlarning fazoviy joylashishini ilk bor aniqlagan (1957); unda 1951-yilda L.Poling bashorat qilgan aspirallar mavjudligini isbot qilib, uning tuzilishini koʻrsatib bergan (1959). Nobel mukofoti laureati (1962, Max Perutz]] bilan hamkorlikda).[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |