Ktesifon
ܩܛܝܣܦܘܢ (Qṭēspōn) Κτησιφῶ | |
Sosoniylar davridagi Ktesifon shahrining xaritasi | |
Muqobil nomlar |
|
---|---|
Manzilgoh | Salman Pak, Bagʻdod muhofazasi, Iroq |
Mintaqa | Mesopotamiya |
Koordinatalar | 33°5′37″N 44°34′50″E / 33.09361°N 44.58056°E |
Turi | Manzilgoh |
Tarix | |
Tashkil etilgan | tax. 120 BC |
Makon qaydlari | |
Qazish sanalari | 1928-1929, 1931-1932, 1960s-1970-yillar |
Arxeologlar | Oscar Reuther, Antonio Invernizzi, Giorgio Gullini |
Vaziyat | xaroba holatida |
Ktesifon (arabchada Taysafun, Madoin) — Furot daryosi chap qirgʻogʻidagi qadimiy shahar (hozirgi Bagʻdod yaqinida). Ktesifon Parfiyaning harbiy tayanch punkti (miloddan avvalgi 3-asrdan), keyinchalik parfyan shohlarining qarorgohi boʻlgan. Rim imperatori Trayandan boshlab rimliklar bir necha marta Ktesifonni egallashgan. Ktesifon 266-yilda Sosoniylar poytaxti boʻlib, soʻnggi antik davrning eng katta va boy shaharlaridan biri sifatida shuhrat qozongan. Sosoniylarning hashamatli saroy harobalari saqlangan. Ktesifon 637-yilda arablar tomonidan bosib olingan va vayron qilingan. Bagʻdod barpo etilganidan keyin (762-yil) uzil-kesil oʻz ahamiyatini yoʻqotgan[1].
Nomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lotincha Ctesiphon nomi qadimgi yunoncha Ktēsiphôn (Κτησιφῶ
Sharq cherkovi sinodlaridan olingan matnlar shaharni Qṭēspōn (klassik suryoniycha: ܩܛܝܣܦܘܢ[3]) yoki baʼzi paytlarda Salavkiya-Ktesifon metropolisi haqida soʻz ketganda Māḥôzē (klassik suryoniycha: ܡܚܘܙ̈ܐ) deb atagan.
Zamonaviy arab tilida bu nom odatda Ṭaysafūn (طيسفون) yoki Qaṭaysfūn (قطيسفون) yo al-Madaʼin (المدائن Katta Ktesifonga ishora qilib „Shaharlar“) deb nomlanadi."Hamzadan iqtibos keltirgan Yoqutga […] koʻra, asl shakli Ṭūsfūn yoki Tūsfūn boʻlib, u Ṭaysafūn deb arabchalashtirilgan"[4]. Shaharning armancha nomi Tizbon (Տիզբոն) edi. Ktesifon birinchi marta Qadimgi Ahdning Ezra kitobida[5] Kasfia/Casphia (Kas etnik nomining hosilasi, Kaspiy va Qazvinning qarindoshi) nomi bilan tilga olingan. Talmudda Aktisfon nomi bilan ham tilga olingan[6]. Boshqa bir Talmud maʼlumotnomasida Ardashir shahridan Dajla daryosining narigi tomonida joylashgan Akistfon deb yozilgan[7].
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ktesifon taxminan al-Madoinda, Iroqning zamonaviy Bagʻdod shahridan 35 km (22 milya) janubi-sharqda, Dajla daryosi boʻyida joylashgan. Ktesifon maydoni 30 kvadrat kilometr boʻlgan, bu IV asrda 13,7 kvadrat kilometrlik imperiya poytaxti Rimdan ikki baravar koʻproq degani[manba kerak].
Chosroes arki (Toq Kasro) bir vaqtlar Ktesifonda qirollik saroyining bir qismi boʻlgan va eramizning 3—6-asrlarigacha boʻlgani taxmin qilinadi[8]. U hozirgi Iroqning Salman Pak shahrida joylashgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ E. J. Brill’s First Encyclopaedia of Islam 1913-1936, Vol. 2 (Brill, 1987: ISBN 90-04-08265-4), p. 75.
- ↑ Thomas A. Carlson et al., “Ctesiphon — ܩܛܝܣܦܘܢ ” in The Syriac Gazetteer last modified July 28, 2014, http://syriaca.org/place/58.
- ↑ Kröger, Jens (1993), „Ctesiphon“, Encyclopedia Iranica, 6-jild, Costa Mesa: Mazda, 2009-01-16da asl nusxadan arxivlandi
- ↑ Ezra 8:17
- ↑ Talmud Bavli Tractate Gittin — 6A-bet.
- ↑ Talmud Bavli Tractate Eruvin — 57b-bet.
- ↑ Farrokh, K. (2007). „The rise of Ctesiphon and the Silk Route“. In Shadows in the Desert: Ancient Persia at War, p. 240.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Ktesifon haqida turkum mavjud |
- Ctesiphon and Taq Kasra photo gallery
- Ctesiphon Exhibition by the Islamic Art Museum at the Pergamon Museum in Berlin in 2016 (Video)
- Livius.org: Ctesiphon (Wayback Machine saytida 2013-05-06 sanasida arxivlangan)
- Ctesiphon (Metropolitan sanʼat muzeyidagi profili)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |