(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Pozitivizm - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Pozitivizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pozitivizm (lotincha: positivus – ijobiy) – falsafiy yoʻnalish. Unga koʻra, barcha chinakam (pozitiv) bilimlar maxsus fanlar yigʻindisi natijasidir; fan biror falsafaning oʻz ustidan hukmronligiga muhtoj emas. Pozitivizmga XIX asrning 30-yillarida Auguste Comte asos solgan („pozitivizm“ terminini kiritgan). Pozitivizm tabiiy va ijtimoiy fanlar metodologiyasiga (ayniqsa, XIX asrning 2-yarmida) taʼsir koʻrsatgan. Pozitivizmning hozirgi shakli – neopozitivizm.