(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Qayragʻoch - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Qayragʻoch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qayragʻochqayragʻochdoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxtlar turkumi, manzarali oʻsimlik. Asosan, Oʻrta Osiyo va Ozarbayjonda oʻsadi. 80120 (400–500) yil yashaydi. Qayragʻoch yorugsevar, qurgʻoqchilikka chidamli, sovuqqa chidamsiz. Togʻlarning 1500 m gacha baland yerlarida ham uchraydi. Oʻzbekistonda Qayragʻochning poʻkak Qayragʻoch, pakana Qayragʻoch, maydabarg Qayragʻoch, silliq Qayragʻoch, bujun Qayragʻoch, dala Qayragʻochi, ayniqsa, sada Qayragʻoch va asl Qayragʻoch (gujum) yoki androsov Qayragʻoch keng tarqalgan. Bu Qayragʻochning boʻyi 10–15 m, shoxshabbasi qalin, sharsimon, barglari ketmaket joylashgan, tuxumsimon. Martapr. oylarida gullab urugʻlaydi. Gullari ikki jinsli. Urugʻi yongʻoqcha (danakcha). Quyuq soya berishi va chiroyli koʻrinishi tufayli Gʻarbiy va Oʻrta Osiyoda, Zakavkazyeda hovli, bogʻlarda, xiyobonlarda oʻstiriladi. Qayragʻochning hamma turlari oʻrmonlar, parklar, ihota daraxtzorlari barpo etish uchun ekiladi. Yogʻochi duradgorlikda turli buyumlar yasashda, asbobsozlik, uskunasozlik va mashinasozlikda ishlatiladi. Urugʻi va ildiz bachkisidan koʻpaytiriladi.