(Translated by https://www.hiragana.jp/)
yalmogʻiz - Vikilug‘at Kontent qismiga oʻtish

yalmogʻiz

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

yal-mo-gʻiz

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

YALMOGʻIZ ’duch kelgan narsani yeb-yutib yuboradigan afsonaviy maxluq’. Bu mudhish, mashʼum bazmda haligi y a l m o gʻ i z folbinning xasta ovoz bilan vaysashi qoʻshildi (Oybek). Bu soʻz yalma va agʻïz soʻzlarining birlashuvi natijasida yuzaga kelgan deb talqin qilinadi (ЭСТЯ, IV, 96). Shunday talqindan kelib chiqsak, quyidagicha tovush oʻzgarishlari haqida gapirish mumkin: birinchi soʻz oxiridagi va ikkinchi soʻz boshlanishidagi a unlilari bir unliga birlashgan va bu unli â unlisiga, birinchi boʻgʻindagi a unlisi ä unlisiga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: yalma agʻïz = yalmaagʻïz > yalmagʻïz > yälmâgʻiz.

Bu soʻz asli ’yeb toʻymas’ maʼnosini anglatuvchi yal va maŋus soʻzlarining bir soʻzga birlashuvi natijasida yuzaga kelganligi ham taʼkidlangan (ЭСТЯ, IV, 96), unda birinchi boʻgʻindagi a unlisi ä unlisiga, ikkinchi boʻgʻindagi a unlisi â unlisiga, uchinchi boʻgʻindagi u unlisi i unlisiga, ŋ undoshi gʻ undoshiga, s undoshi z undoshiga almashgan boʻladi: yal + maŋus = yalmaŋus > yälmâgʻiz.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 mif. Xalq ogʻzaki poetik ijodida keng tarqalgan, oʻta xunuk qari kampir sifatida tasvirlanadigan, duch kelgan hamma narsani yeb-yutib yuboradigan afsonaviy maxluq; jodugar. {{misol|Yalmogʻiz kampir. sht ◆ Kunbotarda bir yovuz Dev bor emish, yalmogʻiz. H. Olimjon .

2 koʻchma Hamma narsani yeb-yutadigan, quritadigan; yuho. ◆ Dollarga topingan yalmogʻizlarning Krnli xurujiga chek qoʻying tezroq. Uygʻun . ◆ Bu yalmogʻiz qashshoqlikning zaharli tomirlari oʻz rizqini qayerdan va qanday olishini yaxshi bilib oldi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ЯЛМОҒИЗ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

yalmogʻiz
1 миф. мифическое существо, чудовище, пожирающее все, что попадается ему на глаза; ◆ Kunbotarda bir yovuz Dev bor emish yalmogʻiz («Семурѓ») На западе, говорят, Есть одно злое чудовище; ◆ yalmogʻiz kampir баба-яга;
2 перен. противный, вызывающий отвращение; зловредный; ужасающий; ◆ yalmogʻiz qashshoqlik ужасающая бедность, проклятая нищета.