(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Aka-uka Grimmlar - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Aka-uka Grimmlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wilhelm (chapda) va Jacob Grimm (oʻngda), Elisabeth Jerichau-Baumann rasmi (1855)

Aka-uka Grimmlar, Jacob (1785. 4.1, Xanau sh. - 1863.20.9, Berlin) Wilhelm Grimm (1786.24. 2, Xanau sh. — 1859.16.12, Berlin) — nemis filo-log olimlari. Marburgda yuridik maʼlumot olishgan. A.-u.G.ning ilmiy-pe-dagogik faoliyati Gyottinggen universitetida boshlangan. 1837 yilda konstitutsiya qonunlariga rioya qilmagani uchun Gannover qiroliga qasamyod qilishdan bosh tortishgan va universitet professori la-vozimlaridan chetlatilgan. 1841 yildan Berlin universitet professorlari va Prussiya FA aʼzolari sifatida faoliyat olib borishgan. A.-u.G. nemis roman-tiklarining Geydelberg guruhiga mansub boʻlib, oʻrta asrlar nemis yozma madaniyati namunalarini eʼlon qilishgan va shu davrda yashagan min-nezinger va meysterzingerlar ijodini oʻrganishgan. A.-u.G. nemis folk-lorshunosligida mifologik maktabga asos solganlar, xalq ijodini, til-shunoslikka oid ishlarida boʻlganidek, qiyosiy metod asosida oʻrganganlar. "Nemis mifologiyasi" (1835) kitobi va hayvonot eposining paydo boʻlishi haqidagi nazariyasi nafaqat nemis folklori, balki turli xalqlar mifologiyasini oʻrganishda muhim rol oʻynagan. Har biri 2 j.dan iborat nemis xalq ertak va rivoyatlari ("Bo-lalar va oila ertaklari", "Nemis rivoyatlari")ning nashr etilishi A.-u.G. ning eng katta xizmati hisoblanadi. Ular ertak va rivoyatlarni yozib olishda xalq tili va fantaziyasining oʻziga xosligini toʻla saqlab qolishni folklorshunoslikning asosiy tala-bi, deb bildilar va har bir ertakka bergan izohlarida shu ertaklarning Yevropa xalklari folkloridagi barcha nusxalarini qayd etishga intildilar. Ularning fikriga koʻra, ertaklar olamidagi mushtaraklik "otamif" ning mavjudligi va uning yagona ajdodning merosi sifatida turli xalqlar oʻrtasida tarqalganligi bilan izohlanadi. Bu mifologik nazariya uzoq yillar mobaynida hukm surganiga qaramay, keyingi vaqtda oʻz tasdigʻini topmadi. A.-u. G. filolog olimlar sifatida 2 j.li "Nemis tili tari-xi" (1848) va 4 j.li "Nemis gramma-tikasi" (1819—37) tadqiqotlarini ham yaratganlar. A.-u.G.ning ertaklari jahon xalklarining koʻplab tillariga tarjima qilingan va bu ertaklar asosida teatr, kino, musiqa va tasviriy sanʼat asarlari yaratilgan.

Shuningdek qarang