(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Tishsiz kitlar - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Tishsiz kitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tishsiz kitlar, moʻylovli kitlar (Mysticeti) — kitlar kenja turkumi. Tishlari tugʻilmasdan oldin yoʻqolib ketadi (nomi ham shundan). Ular oʻrnida yuqorigi jagʻlarda "kit moʻylovi" deb atalgan uzun (20—450 sm li) shoxeimon plastinkalar (360— 800 ta) rivojlanadi. Plastinkalardagi qillar oʻzaro tutashib, sizdiruvchi toʻr apparat (elak) hosil qiladi. Oziq (mayda umurtqasizlar, plankton organizmlar, mayda baliqlar va boshqalar) shu toʻrdan sizilib oʻtadi. Tumshugʻi ustida burun teshigi joylashgan. Boshi simmetrik tuzilgan, uzun tumshuq (rostrum) hosil qiladi. Pastki jagʻlar bosh qutisidan uzunroq, yon tomonlari bukilib, yuqori jagʻlarni oʻrab oladi. Tishsiz kitlar hozirgi sut emizuvchilarning yirigi (mas., koʻk kitning uz. 33 m, ogʻirligi 160 t gacha). Tishsiz kitlar 3 oila (silliq kitlar, yoʻl-yoʻl kitlar, boʻz kitlar) 10—11 turga ajratiladi. Okeanlarda keng tarqalgan, tropik okeanlarda, odatda, uchramaydi. Muntazam migratsiya qilib turadi. Koʻpchilik Tishsiz kitlar 3—5 ta hayvonlardan iborat kichik tuda boʻlib yashaydi. Tishsiz kitlar ga grenlandiya kiti, janub kiti, boʻz kit, bukri kit, finval, seyval, koʻk kit va boshqa kiradi. Koʻplab ovlash natijasida (yogʻi, moʻylovi sanoatda ishlatiladi) Shimoliy Atlantikada Tishsiz kitlar deyarli qolmagan. Hozirgi Tinch okean va Janubiy yarim shardagi dengizlarda uchraydi. 1957-yildan Grenlandiya kiti, janub kiti va boʻz kitlar, 1967-yildan esa koʻk kitni ovlash man etilgan. 5 turi Tabiatni muhrfaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.